O‘zbekistonda 400 ming so‘mlik banknot paydo bo‘ladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda 400 ming so‘mlik banknot tasviri paydo bo‘ldi.

Biroq, bu ma’lumot avval boshdanoq rasman tasdiqlanmadi. Dizayn 2021-yil dekabr oyida chiqarilgan 100 ming so‘mlik banknotdan ko‘chirilgan. Uning mavzusi Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan edi. 2022-yil iyul oyida nominal qiymati 200 000 so‘m bo‘lgan banknot muomalaga kiritildi. Demak, banknotlarni yangilashda ikki yuzdan sakrab o‘tib, darhol katta nominaldagi banknotani chiqarishdimi?

Factchecknet.uz ushbu xabarni o‘rgandi.

HUKM: FEYK

Yangi banknotning tarqatilishiga Markaziy bank matbuot xizmati izoh berdi.

Regulyator tasvirlar feyk ekanligi haqida xabar qildi. Ularning qonuniy asoslari yo‘q va mavjud ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunning 39-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Xuddi shu qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank mamlakatimiz hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Bu haqda u ommaviy axborot vositalari orqali xabar beradi.