Telegram kanallarida Toshkent hayvonot bog‘idagi ikkita pandaga Koreyadan sovg‘a olib kelingani haqida ma’lumot tarqaldi.

Foto: vokrugsveta.ru
HUKM: YOLG‘ON
Toshkent hayvonot bog‘i o‘z veb-saytiga ega va unda hayvonot bog‘ida saqlanadigan hayvonlar ro‘yxati mavjud. Hayvonlarning uzun ro‘yxatida pandalar belgilanmagan . Bu haqiqatan ham rost yoki yo‘qligini tekshirish uchun Factchecknet.uz hayvonot bog‘i xodimi bilan bog‘landi.
“Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, bizning hayvonot bog‘imizda pandalar umuman yo‘q”, – deydi Toshkent hayvonot bog‘i jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dinara Chirkova.
Aslida suratlarda Xitoyning Chongching hayvonot bog‘i pandalari Yangi yilni nishonlayotgani aks etgan.
Egizak pandalar Yu Bao va Yu Bei 2016-yil 11-iyulda tug‘ilgan. Kichkintoylar aka va singildir.

Foto: russian.people.com.cn
Chongching hayvonot bog‘idagi egizak pandalar tug‘ilgan kunini nishonlamoqda