Toshkent aholisini ifloslangan havo haqida ogohlantirishni boshlashdimi?

15-mart tongi toshkentliklarni tutun (smog) bilan qarshi oldi. 

IQAir reytingiga ko‘ra, poytaxt havo sifati indeksi (AQI) bilan havo ifloslanishi bo‘yicha jahon yetakchilari qatoridan joy oldi.

Toshkent aholisini ifloslangan havo haqida ogohlantirishni boshlashdimi?

PM2.5 kontsentratsiyasi 11,6 baravar yuqori edi. Shaharning ko‘plab hududlarida havo “xavfli” va “juda zararli” – jigarrang va binafsha ranglarga aylandi.

Toshkent aholisini ifloslangan havo haqida ogohlantirishni boshlashdimi?

Ijtimoiy tarmoq postining skrinshoti

Yanvar oyida Ekologiya vazirligi yirik shaharlar, jumladan, Toshkent shahrida havo ifloslanishi darajasining oshishi elektr va issiqlik energiyasi manbalari hamda avtotransport vositalaridan chiqayotgan chiqindilarning ko‘payishi, daraxtlarning kesilishi, qurilish ishlari va ko‘mirdan foydalanish (2019-yilda 3,9 million tonna ko‘mir ishlatilgan, 2023-yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 6,7 million tonnaga yetdi) bilan bog‘liqligi haqida xabar bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda taʼkidlanishicha, Prezident Farmonida 2024-yil 1-martdan boshlab hududlarda chang bo‘roni paydo bo‘lganida, atmosfera havosidagi mayda dispers zarrachalar miqdori bo‘yicha belgilangan me’yordan oshib ketish hollari aniqlanganida aholini xabardor qilish amaliyotini joriy etish rejalashtirilganligi to‘g‘risida aytilgan.

Bundan tashqari, yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan shaxslar, shuningdek, sog‘lig‘i havoning ifloslanishiga juda sezgir bo‘lgan boshqa fuqarolar uchun zarur profilaktika choralari haqida muntazam ma’lumotlar berilishi ko‘zda tutilgan edi.

HUKM: BAJARILMAGAN

O‘zgidrometda atmosfera havosi sifatining interaktiv xaritasi mavjud, biroq u yerda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmagan. Muassasa, SanPiN’ga tayanib, 15-mart kuni asosiy ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmaganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: MREK (maksimal ruxsat etilgan kontsentratsiya) – hayot davomida hozirgi yoki kelajak avlodlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan, insonning ish faoliyatini pasaytirmaydigan, uning farovonligi va sanitariya sharoitlarini yomonlashtirmaydigan konsentratsiya (masalan, oltingugurt dioksidi, ammiak, fenol, formaldegid va boshqalar).

Atmosfera havosida mavjud zarrachalar – RM2.5 zarrachalar nafas olish yo‘llari orqali o‘tadigan zarralardir.Mayda PM2.5 zarrachalarining miqdori 4,3 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu JSST tavsiyasidan (5 mkg/m3) oshmadi – O‘zgidrometning soat 13:30 dagi nashriga ko‘ra, IQAir ertalab 224 mkg/m3 bo‘lgan.

Toshkent aholisini ifloslangan havo haqida ogohlantirishni boshlashdimi?

15-mart uchun IQAir soatma-soat maʼlumotlari

Toshkent shahridagi havo oʻlchovlari 15 ta avtomatik stansiyada amalga oshiriladi.

Yanvar oyida O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda havo sifati monitoringi bo‘yicha milliy platforma va mobil ilovani ishlab chiqish loyihasi amalga oshirilayotgani xabar qilingan edi. Unga koʻra, havo sifati milliy standartlari havodagi mayda zarrachalar miqdori va ularning aholiga taʼsirini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Biroq, ular hali yo‘q.

Ilgari Ekologiya vazirligi dunyoning hech bir davlatida ko‘rsatkichlar JSST tomonidan tavsiya etilgan standartlarga to‘g‘ri kelmasligi, ko‘plab davlatlar o‘z milliy standartlarini qabul qilgani haqida habar tarqatgan edi, biroq Factchecknet.uz sayti nima uchun bu noto‘g‘ri fikr ekanini tushuntirgan.

Yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan, shuningdek, sog‘lig‘i havoning ifloslanishiga sezgir bo‘lgan boshqa fuqarolarning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berishga kelsak, o‘sha kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining onlayn resursida bu ma’lumot mavjud emas edi, lekin Yaponiya bilan hamkorlik, diareya, breketlar, TVdagi ko‘rsatuv va ShHTga a’zo mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilishi haqida xabarlar berilgandi.

Shunday qilib, IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, havo ifloslangan, O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, havodagi zararli moddalar kontsentratsiyasi JSST tavsiyalaridan oshmagan, demak, go‘yoki xabar berish zarurati yo‘q.