Ijtimoiy tarmoqlarda kоronavirus inson miyasiga yomon ta’sir ko‘rsatib, uni 20 yilga qaritishi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Factchecknet.uz bu maʼlumotlarni oʻrgandi.
HUKM: QISMAN ROST
Koʻpgina ilmiy hisobotlarda Covid-19 miya ishiga zarar yetkazishi haqida taxmin qilingan boʻlsa-da, Kembrij universiteti va London Imperial kolleji tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot muayyan xulosalarga ega. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Covid-19 bilan kasallangan bemorlar, tuzalganlaridan soʻng, IQ darajasi 10 ballga pasaygan va miyaning 20 yilga qarish ehtimoli kuchaygan.
Tadqiqot 2020-yilda Covid-19 bilan kasallangan va Addenbrooke kasalxonasida davolangan 46 nafar britaniyalik bemorlarni chuqur oʻrganish orqali oʻtkazildi. Bemorlar umumiy nevrologik holati jamoatchilikning 66 008 aʼzosi bilan taqqoslandi.
“Covid-19 kasalligiga chalinish va kasalxonada davolanish miyani 20 yoshga qaritishi mumkin”, – deydi tadqiqotchi Kredit Getty.
Kоronavirusga chalingan insonlar soʻzlarni toʻgʻri qoʻllashda qiynaladilar. Maʼlumotni qayta ishlash uchun koʻproq vaqt sarf qilishlari yoki eʼtiborni jamlashda qiyinchilikka duch kelishlari mumkin.
Koʻpgina ilmiy hisobotlarda Covid miyaning ishiga zarar yetkazishi haqida taxmin qilingan boʻlsa-da, Kembrij universiteti va London Imperial kolleji tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot aniq dalillarga ega.
Shuningdek, depressiya va travmadan keyingi stress buzilishini oʻlchash natijalari jamoatchilik vakillari uchun oʻrtacha koʻrsatkichlar bilan taqqoslandi.
“Emlash hali ham Covidning ogʻir holatlaridan himoya qilishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ammo kamdan-kam hollarda, virusni yuqtirgan bemorlar eng yomon taʼsirga duchor boʻladi” – deydi, Kembrij universiteti olimlari.
Charchoq, parishonxotirlik, yurak va nafas olishdagi qiyinchilik – bular koronavirusga chalingan bemorlarda sogʻaygandan keyin ham davom etadigan ba’zi muammolardir. Olimlar kasallikning uzoq muddatli asoratlarini hanuz oʻrganmoqda. “Asoratlari orasida charchoq eng koʻp uchraydiganidir. U koʻpincha parishonxotirlikka olib keladi. Ya’ni kоronavirusga chalingan insonlar diqqatni yigʻishda qiyinchiliklar duch kelish mumkin”, – deydi doktor Linda Jeng.
Ekspertlar fikricha, bemorlarda tushkunlik, kayfiyat oʻzgarishi va bezovtalik ham koʻp uchramoqda.
Kоronavirus infeksiyalari odatda nevrologik alomatlar bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, infeksiyaga chalingan har 3 kishidan 1 nafariga keyinchalik nevrologik yoki psixiatrik kasallik tashxisi qoʻyiladi. Umumiy simptomlar orasida hidning yoʻqolishi, zaiflik va charchoq, bosh ogʻrigʻi, ruhiy tushkunlik va xotira yoʻqolishi kabi kognitiv qiyinchiliklar bor. Bemorlarning kichik bir qismi insult va tutilish kabi yirik nevrologik hodisalarni boshdan kechiradi. Buning oqibatlari jiddiy boʻlishi mumkin. Oʻtgan yili chop etilgan tadqiqotda Boston universiteti Chobanian va Avedisian tibbiyot maktabining Massachusets shtatidagi Anna Servantes-Arslanyan va uning hamkasblari kоronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan 16 225 kishi haqida maʼlumot toʻpladilar. Ular oʻrganilgan bemorlarning 12,9 foizida jiddiy nevrologik alomatlar paydo boʻlganligini aniqlagan.