Korporatsiyalar va ularning egalari haqidagi ma’lumotlarni qidirish imkoniyatlari

Tergovchi jurnalistlar korporatsiyalarni javobgarlikka torttirish amaliyotida muhim rol o‘ynaydilar: kompaniyalar va ularning egalari bilan chuqur tanishish orqali ular mehnatni suiiste’mol qilish, atrof-muhitni zararlantirish, korporativ jinoyatchilik va boshqa salbiy holatlarni fosh qiladilar.

Yuridik shaxslarning davlat reyestri, eng yaxshi holatda, aysbergning faqat bir uchini aks ettiradi. Afsuski, korporatsiyalarning haqiqiy egalarining shaxsi ko‘pincha noma’lumligicha qoladi. Haqiqiy, “benifitsiar” egalarini yashirish uchun “boshpana kompaniyalari” yaratiladi.

Ammo kompaniyalar, ularning haqiqiy egalari haqidagi va boshqa qator ma’lumotlarni qo‘lga kiritishning ko‘plab usullari mavjud. Ular orasida:

  • bepul ma’lumotlar bazalari;
  • obuna ma’lumotlar bazalari;
  • rasmiy reyestrlar;
  • korporativ veb-saytlar;
  • internetda qidiruv;
  • sanoat nashrlari;
  • ijtimoiy tarmoqlar kabilar bor.

Ushbu GIJN materiali kompaniyalar haqidagi rasmiy va norasmiy ma’lumot manbalarini tavsiflaydi.

Bepul xalqaro manbalar

Bir qator notijoriy guruhlar kompaniyalar tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan majburiy hisobotlarni to‘playdilar va uni boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar bilan boyitadilar.

Biz eng yaxshi ma’lumotlar kompilyatsiyalarini sanab o‘tamiz:

OpenCorporates – 220 milliondan ortiq kompaniyalar haqida ochiq maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Ma’lumotlar yuridik shaxslarning 1400 dan ortiq davlat reyestridan olingan. Ushbu ma’lumotlar bazasida quyidagilarni topishingiz mumkin: kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi, uning yuridik manzillari, direktorlar va mansabdor shaxslarning ismlari. Shuningdek, kompaniyalar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rish mumkin. Ommaviy axborot vositalari tomonidan “OpenCorporates”dan foydalanishga oid yangiliklar va misollar chop etiladigan blog mavjud. Jurnalistlar, NNTlar, olimlar va jamoat manfaati uchun ishlaydigan boshqa foydalanuvchilar bepul API kaliti uchun ariza topshirishlari mumkin.

Investigative Dashboard – uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya haqida hisobot berish loyihasi (OCCRP) tergov paneli bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab turli manbalardan olingan millionlab tegishli ma’lumotlar elementlarini o‘z ichiga oladi; ularning ko‘pchiligi korporatsiyalarga aloqador. Hujjatlarni qidirish ularning Aleph platformasidan boshlanadi (kengaytirilgan qidiruv imkoniyatlaridan foydalanish uchun “qidiruv” tugmasini bosing). 38 ta davlatning kompaniyalar registrlari bo‘yicha qo‘llanma mavjud. Bu 226 million ommaviy yozuvlarni o‘z ichiga olgan katta ma’lumotlar bazasi katalogining bir qismidir. Barcha maʼlumotlar bazalari, jumladan, sizib chiqqan hujjatlardagi materiallar keng jamoatchilikka ochiq emas, lekin roʻyxatdan oʻtgan jurnalistlar ularga kirishlari mumkin. Jurnalistlar, shuningdek, OCCRP obuna bo‘lgan tijorat ma’lumotlar bazalarini qidirishni o‘z ichiga olgan bepul tergov yordamini so‘rashlari mumkin. Xalqaro tadqiqotchi jurnalistlar konsorsiumi tomonidan yaratilgan va qoʻllab-quvvatlanadigan ICIJ Offshore Leaks Database 810 mingdan ortiq offshor kompaniyalar va trastlarga oid oshkor qilingan hujjatlarga asoslangan korporativ maʼlumotlar toʻplamidir. Ma’lumotlar bazasida ismlar, kompaniya nomlari va ma’lum bir mamlakat yoki yurisdiksiyaning offshor kompaniyalari bilan bog‘liq manzillar bo‘yicha qidirish mumkin.

Korporatsiyalar va ularning egalari haqidagi ma’lumotlarni qidirish imkoniyatlari

Panjiva foydalanuvchilarga qulay import va eksport maʼlumotlar bazasi boʻlib, 8 million kompaniya va 1 milliarddan ortiq yuk joʻnatmalari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Iltimos, diqqat qiling: brendlar ma’lumotni ommaga oshkor qilishdan bosh tortishlari mumkin. Ma’lumotlar bazasi AQSh, Xitoy, Hindiston, Janubiy Amerika va boshqa mamlakatlar uchun ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 

Biznes va inson huquqlari bo‘yicha resurs markazi 275 ta kiyim va to‘qimachilik brendlari, 142 ta qazib olish sanoati, 35 ta mehmonxona va 81 texnologiya firmasi kabi 20 mingdan ortiq kompaniyaning inson huquqlariga ta’sirini kuzatib boradi.

Mulkdorlarning ochiq reyestriga Ukraina, Buyuk Britaniya, Daniya va Slovakiyadagi benefisiar mulkka oid har oy yangilanadigan milliy ma’lumotlar kiradi. Reyestrni korporativ mulkka oid ma’lumotlarni oshkor etish tarafdori bo‘lgan “Open Ownership” nodavlat tashkiloti yuritadi. Xaritada har bir mamlakatning mulk shaffofligi bo‘yicha majburiyatlari va ularning bajarilishi ko‘rsatilgan. 

Tijoriy manbalar

Ko‘pgina xususiy korporativ ma’lumotlar bazalari mavjud bo‘lib, ularning aksariyati to‘liq ma’lumot olish uchun obuna bo‘lishni talab qiladi. Ba’zi davlat va universitet kutubxonalarida bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Ayrim kompaniyalar esa jurnalistlarga chegirmali tariflarni taklif qilishadi.

Ancha vaqtlardan buyon faoliyat olib borayotgan ma’lumotlar bazalaridan biri bu D&B Hooversdir. Uning bepul veb-sayti AQSh va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan minglab kompaniyalarning qisqacha profillarini taqdim etadi. Batafsil tavsiflarni Nexis xizmatiga obuna bo‘lish orqali olish mumkin.

Ba’zi boshqa yirik obuna ma’lumotlari provayderlari orasida ORBIS, Bureau van Dijk, Bloomberg, Crunchbase, PrivCo (AQShdagi xususiy kompaniyalar haqida ma’lumot manbai), Thomson Reuters, LexisNexis va DueDil (AQShdagi xususiy kompaniyalar haqida ma’lumot manbai), Thomson Reuters, LexisNexis, DueDil kabilar bor.

Shuningdek, 4 million Ukraina kompaniyalari haqida 180 manbadan maʼlumotlarni toʻplaydigan YouControl kabi ma’lum bir mamlakatga yo‘nalgan veb-saytlar tekshirishga arziydi.

Google Finance kompaniya aksiyalari narxlari va dividendlari haqida umumiy ma’lumot, kompaniya haqida ma’lumot beruvchi yangiliklar maqolalarining joriy ro‘yxati hamda choraklik va yillik daromad hisobotlarini taqdim etadi.AnnualReports.com veb-saytning qaysidir burchaklarida yashiringan bo‘lishi mumkin bo‘lgan kompaniya hisobotlarini topish uchun foydali manbadir.

Korporatsiyalar va ularning egalari haqidagi ma’lumotlarni qidirish imkoniyatlari

Tasvir: Sayari ma’lumotlar bazasi, skrinshot

Sayari 2018-yilda rivojlanayotgan, chegara va offshor bozorlarni qamrab oluvchi keng ko‘lamli ma’lumotlar bazasini ishga tushirgan, AQShda joylashgan tergov kompaniyasidir. Sayari faqat obuna asosida ishlaydi. Asosiy stavka oyiga 1000 dollarni tashkil etadi, ammo 30 kunlik bepul sinov muddati mavjud.

To‘lov evaziga ma’lumot taqdim etuvchi ko‘plab kompaniyalar mavjud. Bepul usullardan biri bu kutubxonalar va universitet biznes maktablarining veb-saytlariga kirishdir.

Garvard biznes maktabi katta to‘plamga ega va uning xoldinglari ommaga ochiq bo‘lmasa-da, onlayn katalog mavjud resurslar ro‘yxati kabi qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Rasmiy davlat reyestrlari

Ko‘pgina davlatlarda kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinadi. Biroq talablar yetarli darajada qat’iy emasligi sababli, kompaniyalar ko‘pincha faqat kerakli minimal yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etadilar.

Dunyo boʻylab yirik davlat reyestrlari: 

Boshqa manbalar

Korporativ veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn qidiruvlar juda ko‘p ma’lumotlarni ochib berishi mumkin. Professional tadqiqotchilarning bir nechta takliflari:

  • Kompaniyaning mansabdor shaxslari va direktorlarini qidiring. 2017-yilgi GIJN konferensiyasida taqdim etilgan “Sobiq xodimlarni topish” hisobotida ko‘rsatilgan usullarni ko‘rib chiqing;
  • LinkedInda qidiring. Kengaytirilgan qidiruvdan foydalaning, masalan, menyu foydalanuvchilarga hozirgi yoki sobiq xodimlarni qidirishga imkon beradi (LinkedInda qidirish bo‘yicha Henk van Ess maslahatlariga qarang). Kompaniya sahifalari va sanoat guruhlarini ko‘rib chiqing. Glassdoor xodimlarning tajribasi va o‘rtacha ish haqi haqida ma’lumot berishi mumkin.
  • Kompaniyaning manzili va telefon raqamini toping. Keyin xaritalar va ko‘cha tasvirlari yordamida qo‘shimcha ma’lumot qidiring.
  • Ularda qanday ma’lumotlar borligini bilish uchun atrof-muhitning ifloslanishi yoki odam savdosiga qarshi kurashga ixtisoslashgan NNTlar bilan bog‘laning.
  • Kompaniya faoliyatini kontekstga solish uchun sanoat birlashmalari bilan bog‘lanishni o‘ylab ko‘ring.

Jurnalistlar uchun qo‘llanmalar

Internetda korporatsiyalar faoliyatini tekshirish va ularning moliyaviy hisobotlarini tushunish haqida juda ko‘p materiallar mavjud. Quyida jurnalistlar uchun bir nechta maqolalarni keltiramiz:

  1. Ilhomlantiruvchi g‘oyalar manbalaridan biri AQShdagi Korporativ tadqiqot loyihasi direktori Filip Mattera tomonidan tuzilgan Kompaniya tergovchisining tezkor qo‘llanmasidir. 
  2. GIJN video to‘plami Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lgan korporativ moliya bo‘yicha ijrochi Devid Kay Jonstonning tergov nutqi, shuningdek, “Finance Uncovered” bilan hamkorlikda afrikalik jurnalistlar uchun vebinarni o‘z ichiga oladi.
  3. Tergovchi jurnalist Raja Bairolianing kompaniya reportajlari bo‘yicha qo‘llanmasi “yangi boshlovchilar uchun mo‘ljallangan” va Buyuk Britaniyadagi Jurnalistika tadqiqot markazi tomonidan tarqatiladi.
  4. Pulga ergashing – korrupsiyani fosh qiluvchi jurnalistlar uchun qo‘llanma. Ushbu bepul qo‘llanma Xalqaro Jurnalistlar Markazi tomonidan 2017-yilda nashr etilgan.
  5. Kompaniyani kim boshqaradi? – Jahon bankining korporativ boshqaruv bo‘yicha Global forumi va Xalqaro jurnalistlar markazi tomonidan tayyorlangan korporativ boshqaruv masalalari bo‘yicha hisobot berish bo‘yicha qo‘llanma.  

Manba: https://gijn.org/ru/resurs/poisk-dannyh-o-korporaciah-i-ih-vladelcah/