Telegram kanallari flesh-terapiya deb ataluvchi protonli nurlanish yordamida saraton kasalligini bir soniyada davolash mumkinligi haqida ma’lumot tarqatmoqda.
Shuningdek, u go‘yoki “bu usul sog‘lom to‘qimalarga kamroq zarar yetkazadi”, deyiladi.
Factchecknet.uz bu ma’lumotni tekshirdi.
HUKM: MANIPULYATSIYA
Flash-terapiya onkologiyani davolash usuli bo‘lib, unda o‘simta qisqa vaqt ichida kuchli nurlanish dozalari bilan nurlanadi. Bu dozalar odatda past bo‘lgan, lekin nurlanish uzoq vaqt davomida beriladigan an’anaviy radiatsiya terapiyasidan farq qiladi.
Sichqonlar va ba’zi bemorlarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, flesh-terapiya o‘simta hujayralarini kamroq nojo‘ya ta’sirlar bilan o‘ldirishda samarali bo‘lishi mumkin.
Protonli flesh-terapiyaning birinchi klinik sinovi shuni ko‘rsatadiki, bu usul nisbatan xavfsiz va suyakda metastatik o‘smalari bo‘lgan bemorlarda og‘riqni yengillashtiradi.
Ko‘pgina bemorlar shish, qizarish va charchoq kabi yengil yon ta’sirlarni boshdan kechirdilar.
“Ushbu texnologiyaning turli xil saraton kasalliklariga qo‘llanilishini ko‘rsatish uchun protonli flesh-terapiyaning kelgusi klinik sinovlari ko‘krak, tos, miya va bo‘yinda o‘tkazilishi kerak”, — deb xulosa qilishdi tadqiqot mualliflari.
Shuningdek, saraton o‘smalarini flesh-terapiya bilan davolash vaqti hisobotda aytilganidek, bir soniya emas, balki bir necha soniyalik seanslar bilan ikki-uch kun. Flesh-terapiyada radiatsiya terapiyasi kabi davolash kurslar orqali, faqat ancha qisqaroq va tezroq amalga oshiriladi. Biroq bu ancha qimmatga tushadi.
Ushbu usul bilan davolanishning uzoq muddatli oqibatlari hali to‘liq aniq emas. Biroq, onkologiyani bir soniyada davolash haqidagi gap hali haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.