Toshkentda mashina bozori o‘rnida istirohat bog‘i quriladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Sergeli tumanida avtomobil bozori o‘rnida bog‘ tashkil etilishi haqida ma’lumot tarqaldi. Ba‘zi manbalar yangi obyektning fotosuratlarini ham joylashtira boshladi (1, 2, 3). Bog‘ haqidagi tafsilotlarda unda shinam o‘rindiqlar, gulzorlar va sokin sayr qilish uchun yo‘llar bo‘lishi ham aytib o‘tildi.

HUKM: YOLG‘ON

OAV avtomobil bozorining ko‘chirilishi haqidagi xabar olti yildan beri ko‘tarilayotganini qayd etib o‘tdi. 2018-yilda uning yiliga 11 milliard so‘m daromad olishi haqida so‘z yuritildi, shuningdek, ushbu obyektning yangi lokatsiyalari haqida so‘z yuritildi. 2020-yilda Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumaniga, 2024-yil yanvar oyida esa Chinoz tumaniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi qayd etilgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bozorni ko‘chirish va uning o‘rniga istirohat bog‘i qurish masalasi kun tartibida emas.

“Hozirda Sergeli avtomobil bozori o‘rnida ko‘ngilochar markaz qurilishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q”, – deydi avtomobil bozori direktori o‘rinbosari Rufat Mavlonov.

Bozor o‘z joyida qoladi, uning o‘rnida bog‘ qurulmaydi, – deya xabar bermoqda OAV poytaxt hokimligiga tayanib.

Shunday qilib, avtomobil bozori o‘rnida park paydo bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz. Bu borada hech qanday rasmiy ma’lumot berilmagan va mas’ul mutaxassislar bozorning ko‘chirilishi va uning o‘rnida bog‘ qurilishi haqidagi ma’lumotlarni rad etishdi.