Bu haqda Telegram kanallaridan biri ma’lum qildi.
“Usmonov McDonald’s yordamida sanksiyalarni bekor qilmoqda”, — deyiladi manbada. Agar tafsilotlarga e’tibor qaratilmasa, bunga ishonib qolish mumkin. Biroq Factchecknet.uz bunday ma’lumotlar qayerdan kelganini aniqlashga qaror qildi.
HUKM: MANIPULYATSIYA
Xabarga ko‘ra, milliarder Alisher Usmonovning ukasi Bahodir Usmonovning “Reach Impex” kompaniyasi Toshkentda ushbu kompaniya nomi bilan franchayzing korporatsiyasining savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirgan.
“Insayderlarning gaplariga ko‘ra, oʻzbekistonlik tadbirkor prezident Jo Bayden boshchiligidagi AQSH Demokratik partiyasi homiysi boʻlgan Amerika brendiga murojaat qilib, oʻziga va uning aktivlariga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni olib tashlash uchun kurashmoqchi. Demokratik partiya homiylari bilan aloqalarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi qaror AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning Toshkentga tashrifi chogʻida kelishilgan boʻlishi mumkin, u Usmonov bilan qarindoshi prezident Shavkat Mirziyoyev homiyligida uchrashgan”, — deyiladi postda.
Ishbilarmon va AQSh Davlat kotibi o‘rtasida bunday qaror haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligidan boshlaylik. Mualliflar o‘ylaganlarini haqiqatdek ko‘rsatishayotgandek, ammo qo‘llarida hech qanday dalillar yo‘q, shuning uchun ular “bo‘lishi mumkin” deb yozmoqdalar. Demak bo‘lmasligi ham mumkin, to‘g‘rimi?
Ha, Entoni Blinken 2023-yilning mart oyida O‘zbekistonga kelgan va AQSh delegatsiyasi tarkibida mamlakatimiz prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Biroq, boshqa “protektsiya bo‘yicha” muzokaralari haqida hech narsa aytilmagan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham internetdagi firibgarlar tadbirkor Alisher Usmonov nomidan foydalanishga uringan edi.
Muayyan xorijiy brendning bozorga kirish ehtimoliga kelsak, u juda past. McDonald’s savdo belgisi ro‘yxatga olingani haqidagi xabar O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi. Biroq, u tezda oydinlashdi. Yangi zayavka haqida dastlab Intellektual mulkni himoya qilish agentligiga xabar qilingan.
“Ochiq maʼlumotlarga koʻra, sut mahsulotlari, oziq-ovqat yogʻlari va yogʻlarning ulgurji savdosiga ixtisoslashgan kompaniya 2022-yil aprel oyida roʻyxatdan oʻtgan. Muassislar Abdujabborov Abror Axralovich va Usmonov Bahodir Burxonovichdir”, — deyiladi OAV xabarida.
Bu kompaniya haqiqatan ham mavjud va uning ortida yana bir qancha xorijiy brendlar turibdi. Internetda kompaniya tish cho‘tkalari sotayotgani ham ma’lum bo‘ldi. Xorijiy brendning tovar belgisi esa Adliya vazirligi reestrida allaqachon mavjud.
“O‘zbekistonda McDonald’s fastfud tarmog‘i ochilishi kutilmoqda” degan xabarlar o‘rniga ushbu brend nima uchun bizning bozorimizga kirmasligi haqida batafsil tushuntirish berildi. Muxtasar qilib aytganda, gap kompaniyaning ustuvorliklarida — go‘sht sifati, standartlar va yetkazib berish zanjirlari.
Shunday qilib, bizning bozorimizga nafaqat ushbu brend kirib kelishi, balki sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun mamlakat nomidan foydalanilishi haqidagi gaplar kurakda turmasligi aniq va ularga hech qanday dalil yo‘q.
Ko‘pincha feyk va manipulyatsiya mualliflari diqqatni tortadigan ajoyib sarlavhalarni tanlaydilar. Odatda ularning orqasida ishonchli faktlar bo‘lmaydi.