Farmatsevtika sohasining ko‘pchilikni o‘ylantirmaydigan tomoni bor. Masalan, dorixonadan olingan dori nafaqat shifo bermasligi, balki sog‘liqqa tahdid solishi mumkinligi haqida.
Qalbaki dorilar butun dunyo bo‘ylab minglab odamlarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Qimmat dori-darmonlar ko‘pincha almashtiriladi. Sababi oddiy – ular yuqori talabga ega. Bularga kimyoterapiya preparatlari, antibiotiklar, vaktsinalar, vazn yo‘qotish uchun vositalar, gormonlar, analgetiklar, steroidlar, antigistaminlar, virusga qarshi dorilar va sedativ vositalar kiradi.

Nigeriyada 60 000 dan 80 000 gacha bolalar bezgakdan vafot etgan va ular faqat xloramfenikolnni o‘z ichiga olgan qalbaki vaktsina bilan davolashgan.
“Rivojlanayotgan mamlakatlarda har o‘ninchi tibbiy mahsulot sifatsiz yoki falsifikatsilangan”, – JSST.

JSST tadqiqotlariga ko‘ra, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda tarqatiladigan taxminan 10 ta tibbiy mahsulotdan 1 tasi sifatsiz yoki falsifakatsiyalangan bo‘ladi.
O‘zbekistonda bu borada masala qanday?
O‘zbekiston boshqa davlatlar qatori qalbaki dori vositalari muammosiga duch kelmoqda. Qalbaki mahsulotlar chet eldan kelishi yoki mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilishi mumkin. Alohida xavf-xatar ustki ko‘rinishi o‘xshash dori vositalardan keladi, ular qadoqlanishi, nomi va tashqi ko‘rinishi asl dori vositalariga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Lekun ularning tarkibi va samaradorligi tubdan farq qilishi mumkin.
Soxta dori vositalarining odamlar salomatligiga ta’siri, ayniqsa ular tashqi ko‘rinishi bo‘yicha asl dori vositalariga o‘xshash bo‘lsa, xavfli bo‘lishi mumkin.
Dori ko‘rinishidan originaliga o‘xshab qadoqlanganida, odamlar uni xavfsiz va samarali deb hisoblashlari mumkin. Ushbu yolg‘on ishonch illyuziyasi soxta dori qabul qilish bilan bog‘liq xavflarni keltirib chiqaradi. Bemorlar o‘zlarini to‘g‘ri davolanayotgan deb o‘ylashlari mumkin, biroq aslida preparat tarkibida faol modda umuman bo‘lmasligi yoki samarali davolanish uchun yetarli miqdorda bo‘lmasligi mumkin.

Asl doriga tashqi o‘xshashligi asosida soxta dori vositasidan davo samarasini kutish bemorda hissiy taranglik va stressni keltirib chiqaradi. Davolanish natijalari kutilganiga mos kelmasa, bu insonning ruhiy holatiga va umumiy farovonligiga ta’sir qiladi, hatto keyinchalik bemor xavfli muqobil davolanish usuliga murojaat qilishi mumkin.
Jenerik va soxta dorilar: farq nimada?
Jeneriklar rasmiy ravishda tasdiqlangan dorilar, ularda haqiqiy dorilar bilan bir xil faol moddalar bor, lekin turli nomlar ostida va ko‘pincha arzonroq narxda sotiladi.
Jeneriklar va kontrafakt dorilar o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, generiklar qonuniy ravishda ishlab chiqariladi, samaradorligi va xavfsizligi uchun barcha zarur testlardan o‘tadi va ularning chiqarilishi nazorat qiluvchi organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Bundan farqli o‘laroq, kontrafakt dori vositalari sifat va xavfsizlik standartlariga javob bermasdan ishlab chiqarilishi mumkin va ularning tarkibi e’lon qilinganidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
Dori-darmonlarni sotib olayotganda quyidagi belgilarga e’tibor bering:
- narxi – qalbaki dori vositalari ko‘pincha asl nusxasidan arzonroq narxda sotiladi;
- mahsulotning qadoqlanishi – noaniq harflar va raqamlarga, qadoqdagi tiniq bo‘lmagan tasvirlarga, shuningdek, shaklini yaxshi ushlab turmaydigan yupqa karton qutiga e’tibor bering;
- seriya raqami, shtrix-kodi, ishlab chiqarilgan sanasi o‘qilmasligi yoki yo‘q bo‘lishi mumkin;
- foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar – agar u nusxalangan ko‘rinsa yoki yozuvlarida xatolar bo‘lsa, ehtiyot bo‘lish kerak. Qadoqdagi ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati mos kelmasligi mumkin.
Agar siz yuqoridagi mezonlarga ko‘ra dori vositasining qalbaki ekanligidan shubhalansangiz, ikkilanmasdan dorixonadan ushbu dori uchun muvofiqlik sertifikatini so‘rang. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ham murojaat qilishingiz mumkin.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi saytida O‘zbekistonda soxta va foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan sifatsiz dori vositalari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan.
Fayllarda 01.01.2008 yildan hozirgi kungacha Bosh boshqarma tomonidan aniqlangan dori vositalari va tibbiyot buyumlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxati mavjud.