“Crocus City Hall”dagi terakt bir qator voqealarga sabab bo‘ldi. Voqeani tekshirish va buyurtmachilarni qidirish jarayonida ayrim deputatlar Rossiyadagi muhojirlarning huquqlarini cheklovchi tashabbuslar bilan chiqishga qaror qilishdi. Bunga sabab, otishmada gumonlanuvchilar qo‘lga olinganidan so‘ng ularning millati ma’lum qilingani bo‘ldi.
“O‘z-o‘ziga tahdid”
Qrim hududidan Davlat dumasi deputati Mixail Sheremet muhojirlarning Rossiyaga kirishini maxsus harbiy operatsiya davomida cheklashni taklif qildi.
U kirib kelayotgan chet elliklarni “birinchi navbatda o‘zlariga tahdid” deb atadi. Deputatning fikricha, ular avtomatik ravishda “G‘arb razvedka xizmatlarining Rossiyada terrorchilik harakatlari uchun sharoit yaratish, shuningdek, vaziyatni beqarorlashtirish vositalariga qiziqish obyektiga” aylanadi.
“Afsuski, bugungi kunda odamlarning qanday niyatlar bilan kelayotganini aniqlashtirishga vaqtimiz yo‘q, chunki barcha kuch va vositalar mamlakatimiz sarhadlarini himoya qilishga qaratilgan. Shu bois, maxsus operatsiya vaqtida muhojirlar Rossiyaga kelishini cheklash kerak, deb hisoblayman”, — dedi u.
“Bizni tushunishlariga umid qilamiz”
“Adolatli Rossiya — haqiqat uchun” partiyasi raisi Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etishni taklif qildi. Siyosatchining fikricha, bu chora terrorga qarshi kurashda yordam beradi.
Mironovning soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimining joriy etilishi nafaqat milliy xavfsizlikni mustahkamlashga, balki Rossiya Federatsiyasi va janubiy qoʻshnilarimiz oʻrtasidagi chinakam oʻzaro manfaatli hamkorlikka ham xizmat qiladi.
“SRZP fraksiyasi” migratsiya jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini taklif qilmoqda, biroq biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etishdan boshlashimiz kerak. Busiz chegarada tartib bo‘lmaydi, bu esa hozirda migratsiyani tartibga solish va terrorchilik hujumlariga qarshi turish uchun zarurdir”, — ta’kidladi parlament a’zosi.
Sergey Mironovning fikricha, vizasiz kirishning bekor qilinishi “hech qanday holatda qo‘shnilarimizga nisbatan nodo‘stona ishora sifatida qaralmasligi kerak va u ularning toʻgʻri tushunishiga umid qilamiz”. Bu bayonot siyosatchining veb-saytida paydo boʻldi.
“Hamma Rossiyani keskin harbiy qarama-qarshilikka tortilayotganini koʻrib turibdi. Dushmanlarimiz chegaralarning ochiqligidan foydalanib, qo‘shni davlatlardan mamlakatimizga qarshi qo‘poruvchilik harakatlarini tayyorlash uchun tramplin sifatida foydalanmoqda. Albatta, bu hududda terrorchilar va turli ekstremistik unsurlar to‘planib qolgan qo‘shnilarimizga ham tahdid solmoqda. Shu bois vizasiz rejimning bekor qilinishi butun Yevroosiyo makonida xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qadamdir”, — dedi Sergey Mironov.
Bu chaqiriqlarning nimasi gʻalati?
Sheremetning ham, Mironovning ham soʻzlarida migratsiya va terrorizmni tenglashtirish istagi koʻrinib turibdi. Biroq, bu notoʻgʻri qiyislashdir, chunki bunday zoʻravonlik va qoʻrqitish choralarini har qanday xalq va millat vakili amalga oshirishi mumkin. Bunday bayonotlar jamiyatda ksenofobiyani qoʻzgʻatadi — odamlar begona narsalarni “xavfli” deb bilishadi. Undan soʻng nafaqat ochiq dushmanlik bayonotlari, balki harakatlar ham sodir boʻlishi xavfi mavjud.
Ksenofobiya, shovinizm kabi millatchilikning keskin shakli, buzg‘unchi ijtimoiy hodisadir. Ular faqat nafratni qoʻzgʻatishga va xalqlarni boʻlib yuborishga qaratilgan boʻladi. Ularning namoyon boʻlishi jamiyatda teraktdan soʻng darhol boshlandi, migrantlar oʻzlariga nisbatan salbiy munosabatni his qilishdi. Huquq himoyachisi Valentina Chupikning aytishicha, teraktdan so‘ng ikki kun ichida unga Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolaridan 2,5 mingga yaqin qo‘ng‘iroqlar kelib tushdi, ular, jumladan, noqonuniy hibslar va qiynoqlar haqida shikoyat qilgan.
Teraktdan so‘ng Tojikiston prezidenti Rossiya rahbari bilan suhbatda Moskva viloyatidagi “Crocus City Hall” majmuasida sodir etilgan shafqatsiz, qonli terakt”ni qoraladi va “terrorchilarning millati, vatani, dini bo‘lmasligini” ta’kidladi. Avvalroq Rossiya milliy aksilterror qo‘mitasining buyurtmasi asosida “Terrorning millati yo‘q” deb nomlangan videorolik chiqarilgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham “terrorchi jinoyatchilarning millati va dini bo‘lmasligini ta’kidladi. Terrorizm xalqaro kasallikdir”.
Dejavyu
Bu Sergey Mironovning Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilish boʻyicha birinchi taklifi emas.
Bu taklifni 2016-yilda munozaralar chogʻida “Rossiyaga gasterbayterlarning nazoratsiz oqimi” haqida gapirganda bildirilgan. 2020-yilda siyosatchi muhojirlar topayotgan pulni rossiyaliklar ishlab olishi mumkinligini ilgari surgan edi. 2021-yilda “Rossiyaga koronavirusning yangi shtammlari kirib kelishi ehtimolini minimallashtirish va Rossiya iqtisodiyotini arzon ishchi kuchidan himoya qilish”ni vaj qilib keltitgan edi. 2023-yil oxirida u “ommaviy va nazoratsiz migratsiyaga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi”, — degandi.
Bu safar esa Moskva viloyatidagi fojeaga aylangan teraktdan yana o‘z manfaatlarini lobbi qilish maqsadida foydalanmoqda. Sergey Mironovning vizasiz rejimni bekor qilish uchun asoslari axborot kun tartibiga qarab bit necha bor takrorlanmoqda. Aytishadiku, urushda hamma narsa vositalar yaxshi.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qoʻshiling.