Telegram kanallari tayyor ovqatga muntazam ravishda tuz qo‘shish erta o‘lim xavfini 28 foizga oshiradi degan xabarni tarqatmoqda.
“O‘rtacha hisobda bunday odatga ega 50 yoshli erkaklar ovqatiga tuz qo‘shmaydiganlarga qaraganda ikki yil, ayollar esa bir yarim yilga kamroq umr ko‘radilar”, – deb yoziladi xabarda.
HUKM: MANIPULYATSIYA
Kundalik iste’mol uchun tavsiya etilgan natriyning maksimal miqdori kuniga 2000-2300 mg bo‘lib, bu besh-olti gramm tuz (bir choy qoshiq)ga teng. Ushbu standart Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan aholining natriy iste’moli uchun maqsad sifatida belgilangan.
Tuzni o‘ta ko‘p iste’mol qilish qon bosimining oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida yurak xuruji va insult xavfini oshiradi.
“European Heart Journal” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, tuzi bor ovqatni pishganidan keyin ham doimo tuz qo‘shadigan odamlar ovqat paytida hech qachon tuz ishlatmaydigan yoki kamdan-kam uni iste’mol qiladiganlarga qaraganda erta o‘lim xavfiga 28% ko‘proq moyil bo‘ladi.
Ular oziq-ovqatga tuz (natriy xlorid) qo‘shgan odamlarning siydigida ko‘proq natriy borligini tasodifiy tanlov asosidagi sinovlar asosida aniqladilar.
Ushbu turdagi tadqiqotlar sabab va ta’sirni emas, balki faqat taxminlarni ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun ovqatga tuz qo‘shish erta o‘limga olib keladi, deb aniq aytish mumkin emas.
“Biz tuzni iste’mol qilish muddatidan oldin barcha sabablarga ko‘ra o‘lim xavfi bilan bog‘liqligi meva va sabzavotlarning umumiy iste’moli ortishi bilan zaiflashishini aniqladik”, – dedi tadqiqot mualliflari.
Tadqiqotning kamchiliklariga barcha ishtirokchilar Buyuk Britaniyada yashashlari, ko‘ngillilar bo‘lishi va yosh oralig‘i 40 dan 69 yoshgacha bo‘lgan auditoriyani qamrab olganini kiritish mumkin. Bu shuni anglatadiki, natijalar aholining barcha qatlamlarini ifodalamaydi.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.