Bitta film misolida manipulyatsiya bo‘yicha sakkizta tezis

Qisqacha mazmun. Rossiyalik deputat Andrey Lugovoy “Qozog‘istonning sinishi” nomli filmni chiqardi, unda u Qozog‘istonni derusifikatsiya bo‘yicha kampaniyalarni uyushtirganlikda va “G‘arb bilan aloqada” aybladi.

Muallif Qozog‘istonda avvalroq bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari haqida gapirar ekan: “Britaniya izi yaqqol ko‘rinib turibdi”, – deb xulosa qiladi.

“Markaziy Osiyo London uchun aksilrossiya yo‘nalishini tashkil qilish bazasiga aylanmoqda, uning harakatlari natijasida tarix qayta yozilmoqda va anʼanaviy madaniyat yo‘q qilinmoqda. Inglizlar siyosat, iqtisod, ta’lim, ommaviy axborot vositalariga kirib bormoqda… Qozog‘istonning inglizlar tomonidan o‘zlashtirilishi yangi Maydanni, qurbonlar, fuqarolik to‘qnashuvlari, butun mintaqada beqarorlikni keltirib chiqaradi, bu esa Markaziy Osiyoning har bir davlati xavfsizligiga tahdid solmoqda”, – deyilgan videoning tavsifida.

Biroq, keling, boshqa nuqtai nazarlarni ham ko‘rib chiqaylik.

Tahlil. Videobloger Denis Kazanskiy ushbu videodagi tashviqot tezislarini tahlil qildi. Bu uning birinchi tahlili emas, u ilgari ham kuchli salbiy ma’noga ega nutqlarni o‘rgangan.

1. Lugovoyning chiqishida rusofobiya, shaharlar va ko‘chalar nomlarini o‘zgartirish, tarixni faol qayta yozish haqidagi bayonotlar mavjud bo‘lib, ular ilgari ommaviy axborot vositalarida Ukrainaga qarshi ishlatilgan (1, 2, 3).

2. Qozog‘iston haqidagi filmda Rossiyaga qarshi fitnada ishtirok etish haqida tezislar bor. Denis Kazanskiy siyosatchi va amaldagi deputat Rossiyaning Bojxona ittifoqi va KXShTdagi ittifoqchisi Qozog‘iston nomini shu kabi tezislar ilgari ham aytilgani bejiz emasligiga e’tibor qaratadi, lekin boshqa davlatga nisbatan.

3. Qozog‘istonning zamonaviy tarixidagi “Britaniya sakkizoyoq”i haqida gapirar ekan, muallif jahon xaritasida Qrim o‘zining sobiq hududiy chegaralarida joylashgan xaritadan foydalanadi. “Ehtimol, bu filmda butun diqqat Ukrainaga emas, Qozog‘istonga qaratilgani uchundir”, – deydi Denis Kazanskiy.

4. Bloger Anastasiya Axmetova “Qozog‘istonning sinishi” filmida suratga tushadi, uning fikri ekspert sifatida keltiriladi: “…G‘arbning haqiqiy agentlari uzoq vaqtdan beri vazirlar kursilarida, Senatda, Majilisda va prezident apparatida o‘tiribti. Men ularning ismlarini aytmayman, lekin bu odamlar tufayli ba’zi ekspertlar rahbariyatni “namunali komprador mustamlaka ma’muriyati” deb atashadi. Denis Kazanskiy, o‘z navbatida, bu tezislar mamlakatni boshqarayotgan ba’zi tashqi kuchlar haqidagi “qo‘llanmalar” bilan mos kelishini, bu nafrat va adovatni qo‘zg‘atish kampaniyasi bo‘lib ko‘rinishini ta’kidlaydi (Boshqa davlat kontekstidagi tashqi kuchlar haqidagi tezislar bu yerda 1, 2, 3).

5. Lugovoyning soʻzlariga koʻra, Buyuk Britaniya hukumati bilan aloqa borligidan Qozogʻiston-Britaniya texnika universitetining ochilishi ham guvohlik beradi, bu yerda talabalar almashinuvi dasturi mavjud. Biroq, bu mamlakatda filiallari bo‘lgan boshqa xorijiy universitetlar ham mavjud.

6. Shu bilan birga kontekstdan yulib olingan tezislar ham bor. Masalan, filmda tajovuzkor bayonotga ega rolikdan foydalanilgan va bu go‘yoki xorijiy tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanganidan keyin Qozog‘istonda bunday videolar paydo bo‘la boshlagan degan fikrga olib keladi. Biroq, Denis Kazanskiyning ta’kidlashicha, Internetda bunday videolar yetarli va siz u yoki bu kontekstni tasdiqlovchi birini tanlashingiz mumkin.

7. Lugovoy shunday deydi: “G‘arb bizning mamlakatimizni an’anaviy mavjudlik zonasidan siqib chiqarish rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda”. Kazanskiy an’anaviy mavjudlik zonasi haqidagi iboraga e’tibor qaratadi, Qozog‘iston to‘satdan filmda shu zonaga kiritiladi.

8. “Donbass uchun gumanitar yuklarning aksariyati Qozog‘iston tomonidan bloklangan”, – deyiladi filmda. Bu noto‘g‘ri hukm, chunki Qozog‘iston Donbass va Ukraina bilan chegaradosh emas.

Denis Kazanskiyning ta’kidlashicha, bunday bayonotlar, ayniqsa, siyosiy yetakchilar tomonidan aytila boshlaganida, ularga beparvo qaramaslik kerak. Ushbu tahlil va boshqa nashrlar e’lon qilinganidan so‘ng, deputat Lugovoy o‘z ritorikasini o‘zgartirdi: “Qozog‘iston bizning (Rossiyaning) ittifoqchisi, davlat o‘z yo‘lini tanlashi mumkin. Rossiyaga qarshi kayfiyatni qo‘llab-quvvatlovchilar kimligi esa avvaldan ma’lum, aynan ular rusofobiyaga tezlashuvini muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlamoqda”.

Kalit so‘zlar: tashviqot, klishe, Britaniya izi, tashqi kuchlar, Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, Markaziy Osiyo.