Qisqacha mazmun. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurib, qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
“Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeronning Oʻzbekistonga tashrifidan maqsad Rossiyaga maksimal darajada zarar yetkazish va Moskvadan uning ittifoqchilarini uzoqlashtirish”, — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin.
“Ishonchim komilki, rasmiy London niyatlarining sir-sinoatini oʻzbekistonlik doʻstlarimiz juda yaxshi tushunib turishibdi”, — dedi Mixail Galuzin Kemeronning safarini sharhlar ekan.
Xabar “Sputnik Oʻzbekiston” kanalida paydo boʻldi.
HUKM: MANIPULYATSIYA
Javob. Devid Kemeron safar chog‘ida jurnalistlarga Buyuk Britaniya O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni istashini va undan tomonlardan birini tanlashni talab qilmayotganini aytdi.
“Markaziy Osiyo dunyoning muhim mintaqasi. Mintaqada juda kuchli qo‘shnilaringiz bor, ular bilan yaxshi hamkorlik aloqalarini o‘rnatgansiz. Men sizdan bu sheriklar va Buyuk Britaniya kabi davlat o‘rtasida tanlov qilishingizni so‘ramayotganimizni aytish uchun keldim”, — ta’kidladi u.
“Agar biz bilan taʼlim, iqlim oʻzgarishi, biznes yoki savdo sohalarida hamkorlik qilishni istasangiz, sizning tanlovingiz boʻlishi kerak. Biz bu hamkorlikni o‘rnatish uchun shu yerda bo‘lishni xohlaymiz. Biz sizga tanlov imkonini berayapmiz va bu, menimcha, eng muhimi”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Kalit so‘zlar: Buyuk Britaniya, O‘zbekiston, Kemeron, Tashqi ishlar vazirligi
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.