Toshkentda transport karta sotish shaxobchalari faoliyati to‘xtatildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yil 15-maydan boshlab poytaxtda transport karta sotish shaxobchalari faoliyati to‘xtalishi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

“2024-yil 15-may kunidan boshlab ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobini to‘ldirish va tarif sotib olish xizmatlari Uzpost aloqa bo‘limlarida amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Factchecknet.uz mazkur xabar qay darajada haqiqatga yaqinligini tekshirib ko‘rdi.

HUKM: ROST

Toshkent shahar transport xizmat aksiyadorlik jamiyati rasmiy sahifasida 2024-yil 15-may kunidan boshlab poytaxtimizda joylashgan barcha transport karta sotish shaxobchalarining faoliyati to‘xtatilishi haqida e’lon bergan. Shu munosabat bilan, endilikda ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobini to‘ldirish va tarif sotib olish xizmatlari Uzpost aloqa bo‘limlarida amalga oshiriladi. 

Jamoat transportlarida elektron to‘lovlardan yanada qulayroq foydalanish uchun, ATTO mobil ilovasini yuklab olib, virtual kartadan foydalansa ham bo‘ladi (Google Play,AppStore). Virtual karta  transport kartadagi barcha funksiyalarni bajara oladi.

Factchecknet.uz Toshkent shahrida transport karta sotish shaxobchalarining faoliyati qay darajada ekanini bilish maqsadida fotoreportaj tayyorladi.

Quyida transport karta sotish shaxobchalaridan olingan fotosuratlarni keltiramiz.

Toshkentda transport karta sotish shaxobchalari faoliyati to‘xtatildimi?

Fotoda Chilonzor tumanidagi Chilonzor metrosi

Toshkentda transport karta sotish shaxobchalari faoliyati to‘xtatildimi?

Chilonzor tumanidagi Qo‘rg‘ontepa mahallasi

Toshkentda transport karta sotish shaxobchalari faoliyati to‘xtatildimi?

Olmazor tumani Mirzo G‘olib mahallasi

Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.