GlobalFact 11 26-iyun kuni Sarayevoda o‘z ishini boshladi. Global konferensiya axborotni tekshirish va jurnalist etikasiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun butun dunyodan faktchekerlarni birlashtiradi.
GlobalFact 11 da O‘zbekistondan mustaqil faktchecking platformasi — factchecknet.uz vakillari ham ishtirok etmoqda, bu bizning dezinformatsiyaga qarshi kurashga sodiqligimizni yana bir bor ta’kidlaydi va xalqaro faktcheking tashkilotlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini yaratadi.
Tadbir tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Mariya Ressa ishtirokidagi sessiya bilan ochildi. Matbuot erkinligi uchun kurashayotgani bilan tanilgan Ressa demokratiyani dezinformatsiyadan va so‘z erkinligini bostirishdan himoya qilish haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Faktsiz haqiqat boʻlmaydi, haqiqatsiz ishonch ham boʻlmaydi”, — dedi spiker dezinformatsiyaga qarshi kurashda jurnalistlarning rolini taʼkidlab.
Kunlik dasturda turli xil sessiyalar, jumladan, “Saylov uchastkalarida haqiqatni himoya qilish: faktchekerlarning roli” mavzusidagi muhokamalar o‘rin olgan. Ishtirokchilar turli fakrlar va faktlarni tekshirishga innovatsion yondashuvlar, jumladan, sudgacha bo‘lgan usullar, hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish va jamiyatda ishonchni mustahkamlash kabi yangi strategiyalar bilan saylovda halollikni saqlashda ushbu mutaxassislarning mehnatini ta’kidladilar.
Yana bir muhim “TikTok bilan suhbatda” mavzusidagi sessiya platformaning dezinformatsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini o‘rganib chiqish imkonini berdi. TikTok vakillari faktchekerlar bilan hamkorlikda soxta kontentni aniqlash va yo‘q qilish strategiyalari haqida gapirib berishdi. Platforma mutaxassislari, shuningdek, dezinformatsiyalar tarqalishini kamaytirish bo‘yicha keyslari bilan o‘rtoqlashdilar va Xalqaro faktlarni tekshirish tarmog‘i (IFCN) bilan hamkorlik qilishlari haqida gapirdilar.
Sun’iy intellektning ta’siriga bag‘ishlangan sessiyada Hindiston va Afrika duch kelayotgan noyob muammolar, shuningdek, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurashda kontekstli yondashuv muhimligi haqida gapirildi.
Bundan tashqari, Xalqaro jurnalistlar markazi (ICFJ) tomonidan tashkil etilgan “Saylovlarda dezinformatsiyaga qarshi kurashish” sessiyasi dezinformatsiyaning demokratik jamiyatlarga, ayniqsa, saylov davridagi tahdidlariga bag‘ishlandi. Panel muhokamasida uyushgan dezinformatsion kampaniyalar va ularning ortida turgan shaxslarni fosh qilish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni muhokama qilgan tekshiruvlar olib boruvchi jurnalistlar va faktchekerlar ishtirok etdi.
“So‘z erkinligi va faktcheking o‘rtasidagi muvozanat” deb nomlangan sessiyada faktchekerlar duch keladigan takroriy tsenzura ayblovlari ko‘rib chiqildi. Spikerlar o‘zlarining tajribalari va ushbu hujumlardan himoyalanish strategiyalari bilan o‘rtoqlashdilar, shu bilan birga aniqlik va kontekstli ma’lumotlarga urg‘u berdilar.
GlobalFact11 uch kun davom etadi. Tadbir butun dunyo bo‘ylab faktchekerlar o‘rtasida fikr va ilg‘or tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Factchecknet.uz qiziqarli insaydlar, yangi loyihalar va spikerlar taqdimotlari bilan o‘rtoqlashadi.