Disleksiya haqida to‘rtta keng tarqalgan afsona

Disleksiya — bu insonning o‘qish, yozish va tilni tushunish qobiliyatiga ta’sir qiluvchi keng tarqalgan neyro-rivojlanish. Biroq, bu holat yaxshi o‘rganilgan bo‘lsa-da, disleksiya haqida ko‘plab afsonalar va noto‘g‘ri tushunchalar mavjud. Ushbu afsonalar bu kasallikdan aziyat chekadigan odamlarni noto‘g‘ri tushunish va ularga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishga olib kelishi mumkin.

Ushbu holatni aniqroq tushunish uchun disleksiya haqidagi bir nechta keng tarqalgan afsonalarni, shuningdek, bunday odamlarga yordam berish usullarini ko‘rib chiqamiz.

1-afsona. Harflarni teskari tartibda o‘qish va yozish disleksiyaning asosiy belgisidir.

Harfni joyini o‘zgartirish bolada disleksiya borligini ko‘rsatadi degani emas.

Darhaqiqat, bolalar ko‘pincha harflarning joyini o‘zgartiradilar. Aksariyat hollarda ular “p” va “f” ni qanday chalkashtirib yuborishlarini yoki “a” va “s” ni teskari yozishlarini ko‘rishingiz mumkin. Biroq, agar farzandingiz birinchi sinfning oxirida ham bunday qilsa, bu shifokor ko‘rigi zarurligini anglatishi mumkin.

2-afsona. Disleksiyasi bo‘lgan bolalar ko‘proq o‘qishlari kerak.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, disleksiyasi bo‘lgan bolalarning miyasi turlicha ishlaydi. Bu o‘qish vaqt o‘tishi bilan miyani o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Biroq, ko‘proq o‘qishga harakat qilishning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Bolalarning qanchalik ko‘p o‘qishi emas, balki o‘qitish turi muhim. Yaxshi mashg‘ulot va amaliyot bilan, disleksiyasi bo‘lgan bolalar o‘qishda muvaffaqiyatga erishishlari mumkin.

Ushbu sohada qiyinchiliklarga duch kelganlar uchun mo‘ljallangan bir qator o‘qish dasturlari mavjud. Ko‘p odamlar multisensorli yondashuv deb ataladigan uslubdan foydalanadilar. Ushbu turdagi o‘quvda ko‘rish, eshitish va sensorika ishga tushiriladi.

3-afsona. Bolalar o‘qishni o‘rganganda, disleksiya yo‘qoladi.

O‘qish qobiliyati ularning “davolanganligini” anglatmaydi. Disleksiya umr bo‘yi davom etadigan ta’lim olishdagi farqdir.

Disleksiya ravon o‘qishni qiyinlashtirishi mumkin. Bu, shuningdek, bolalar o‘qiganlarini qanchalik tushunishlariga ta’sir qilishi mumkin.

Disleksiyasi bo‘lgan bolalar o‘qishni o‘rganganlaridan keyin ham imlo va yozishda muammolarga duch kelishlari mumkin.

4-afsona. Disleksiya faqat ingliz tilida so‘zlashadiganlarda uchraydi.

Disleksiya butun dunyoda va barcha tillarda mavjud.

Ko‘p tilli bolalarda o‘qish muammolarini aniqlash uchun aksariyat hollarda tengdoshlariga qaraganda ko‘proq vaqt talab etiladi.

Bu o‘qituvchilar va ota-onalar bu bolalar yangi tilni o‘rganishda qiyinchiliklarni boshdan kechirayapti deb o‘ylashlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq, agar ona tili va ikkinchi tilda o‘qishda qiyinchiliklar bo‘lsa, bu ularni tekshiruvdan o‘tkazish kerakligining aniq belgisidir.