Issiq havoda zajigalkalar portlashi mumkinmi?

Telegram kanali issiq havoda mashinada zajigalkani qoldirmaslik yaxshiroq, chunki gazning kengayishi portlash va yong‘inga olib kelishi haqida ma’lumot tarqatmoqda.

HUKM: YOLG‘ON

Gaz to‘ldirilgan zajigalkalar olov yoqish uchun qulay qurilmadir, ammo ular yuqori haroratlarda xavfli bo‘lishi mumkin.

Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, arzon gazli zajigalkalar Selsiy bo‘yicha 80 daraja haroratda portlashi mumkin. Buning sababi shundaki, qizdirilganda zajigalka ichidagi gaz kengayadi va bosim juda yuqori bo‘ladi. Natijada, tashqi qismi “yumshaydi”, aniqrog‘i erishni boshlaydi va gaz chiqib ketadi, lekin uchqun bo‘lmasa, yong‘in sodir bo‘lmaydi.

Bir martalik zajigalkalar uchun ogohlantirishlarning ro‘yxati mavjud:

• teshmang;

• olov yoqmang;

• 50 °C dan yuqori qizdirmang;

• quyoshda qoldirmang…

Quyoshda haddan tashqari qizib ketgan mashina zajigalka sababli falokatga uchrashishi mumkinmi? Tekshirish kerak! Boshqaruv panelining analogi sifatida tekshiruvchilar tosterdan foydalanishdi. Natija: boshqaruv paneli isishi mumkin bo‘lgan maksimal haroratda ham zajigalka portlamadi. Zajigalkaning minimal erish harorati (bu gazning chiqishiga olib keladi) 150 °C dir.

Demak, xabar asossiz. 

Avtomobil haydovchilari diqqatiga qaratishi shart bo‘lgan jihatlar bor. 

Zajigalkani quyoshda to‘xtab turganda mashinada qoldirish xavfli bo‘lishi mumkin. Mana bir nechta sabablar:

Yorilish xavfi. Yuqori haroratlar va tik quyosh nuri arzon plastikdan yasalgan korpusning deformatsiyasiga va yorilishiga olib kelishi mumkin, bu esa salonda dog‘lar qoldirishi mumkin.

Zararli moddalarni chiqarish. Zajigalkalarning plastik qismlari qizdirilganda xavfli kimyoviy moddalar chiqishi mumkin, bu esa inson salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.

Shuning uchun, ehtimoliy salbiy oqibatlarning oldini olish uchun mashina quyosh ostida bo‘lganida, zajigalkani salonda qoldirmagan ma’qul. Gazli zajigalkalarda gaz bosim ostida bo‘lib, u qizdirilganda kengayadi va arzon modellarda korpuslar erib ketishi mumkin. Biroq, hatto o‘ta og‘ir holatlarda ham, gaz portlamasdan sizib chiqadi.

Benzinli zajigalkalarda vaziyat qanday kechadi?

Benzinli zajigalkalarning  xavfi kamroq hisoblanadi, chunki ularning ichida bosim yo‘q va qizdirilganda portlamaydi. Eng yomon holatda, ular shunchaki yoqimsiz hid chiqarishni boshlashi mumkin.

Xulosa:

Ehtimoliy muammolarning oldini olish uchun yuqori sifatli zajigalkalardan foydalanish hamda ularni bolalar va hayvonlardan uzoqroq saqlash tavsiya etiladi. Ehtimol, benzinli zajigalka sotib olganingiz ma’quldir. Lekin eng muhimi, yuqori harorat sharoitida, masalan, ochiq quyoshda yoki issiqlik manbalari yaqinida zajigalkalardan foydalanishdan ehtiyot bo‘ling.