Oshqozondan chiqqan tosh: rost yoki yolg‘on?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko’ra, palapartish ovqatlanish natijasida bemorning oshqozonida axlat yig’ilgan. Xabarlarga videotasvirlar ilova qilinadi.

Oshqozondan chiqqan tosh: rost yoki yolg‘on?

sensitiv kontent

Factchecknet.uz xabarni tekshirdi.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Uznews.uz veb-nashri “Milliy TV” telekanaliga asoslanib bergan xabarga ko’ra, Toshkentda 15 yoshli qizning oshqozonidan operatsiya yo’li bilan 1,8 kilogram og’irlikka ega “tosh” olib tashlangan. Ammo bu “tosh”ning vujudga kelishi sababi palapartish ovqatlanish emas.

Ma’lum bo’lishicha, 15-aprel kuni qayt qilish, qorindagi shish, vazn yo’qotish va boshqa shikoyatlar bilan murojaat qilgan bemor ustida jarrohlik amaliyoti o’tkazilgan. Amaliyotni olib borgan bolalar jarrohi Nozimjon O’rmonov O’zbekistonda bu kabi amaliyot ilk marta kuzatilganini aytadi. Oshqozondan olingan jism tosh emas, soch va tirnoqdan hosil bo’lgan qotishma ekanligi bildirilgan. Hozirda bemorning ahvoli yaxshi ekanligi aytilgan.

O’zbek OAVlarida ilgari ham dunyo bo’ylab sodir bo’lgan shu kabi holatlar haqida yozilgan (1, 2, 3, 4).


Faktchekerlar hamjamiyatiga qo’shiling