Garchi tarix faktlarga tayansada, mashhur tarixiy shaxslar haqida ko’plab noto’g’ri tushunchalar mavjud. Tarixchilar o’tmishni tanqidiy ko’z bilan ko’rib chiqib, vaqt o’tishi bilan rivojlangan va keng tarqalgan afsonalarni fosh qilish uchun dalillar topdilar. Tarix bilan bog’liq yolg’on xabarlar, afsona va miflar yangiliklar va xabarlarning to’g’ri ekanligini ta’minlash uchun ishonchli ma’lumotlarni topishning ahamiyatini eslatadi.
Quyida mashhur shaxslar haqida quloqqa chalinadigan 5 ta afsonani rad etamiz:
Jorj Vashington
Mif: AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashingtonning tishlari yog’ochdan bo’lgan.
Haqiqat: Vashingtonning tishlari hayvonlar va odamlarning tishlaridan yasalgan protezlardan iborat edi.
Mariya Antuanetta
Mif: Mariya Antuanetta yeyishga non topolmayotgan, ochlikdan qiynalayotgan parijliklarga qarata “ular non topa olishmasa, tort yeyishsin” deb aytgan.
Haqiqat: Bu ibora aslida ispan malikasi Mariya Terezaga tegishli bo’lib, u Mariya Antuanetta Fransiyaga kelishidan bir asr oldin aytilgan.
Napoleon Bonapart
Mif: Napoleon Bonapart o’rtachadan past bo’yli harbiy yetakchi va imperator edi.
Haqiqat: Napoleonning bo’yi fransuz erkaklari uchun o’rtacha bo’lgan. Past bo’yli odamlar bilan bog’liq bo’lgan pastlik kompleksini ifodalash uchun ishlatiladigan “Napoleon kompleksi” iborasi ham psixologiyada ham keng muhokama qilinadigan nazariyadir.
Vilyam Xovard Taft
Mif: AQShning 27-prezidenti Vilyam Xovard Taft Oq Uy vannasida tiqilib qolgan.
Haqiqat: Bu voqea hech qachon sodir bo’lmagan,Taft Oq Uyda yetti fut uzunlikdagi katta vannada cho’milgan.
Albert Eynshteyn
Mif: Albert Eynshteyn matematikadan muvaffaqiyatsiz bo’lgan.
Haqiqat: Eynshteyn matematikadan yaxshi o’qigan, lekin 16 yoshida Zurich Politexnika Institutiga kirish imtihonida fransuz tilidan qiynalgan.