Ijtimoiy tarmoqlarda xitoyliklar jinoyatchilarga qarshi kurashish uchun robot shar ishlab chiqilganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Factchecknet.uz bu xabar haqiqatga qanchalik yaqin ekanligini tekshirdi. Batafsil maqolamizda o‘qing.
HUKM: ROST
Jinoyatchilarga qarshi kurashish uchun robot ishlab chiqilgan.
Xitoyda yaratilgan bu robot shar 35 km/soat tezlikda harakatlanadi va to‘r otadi. Robot suzishi va o‘ziga o‘xshash robotlar jamoasida ishlashi mumkin. Ishlab chiquvchilarning aytishicha, uning korpusini deyarli hech narsa bilan sindirib bo‘lmaydi. Kelajakda bunday robotlarni aeroportlar, elektr stansiyalar va boshqa muhim obyektlarda patrul sifatida ishlatish mumkin, lekin hozircha bu faqat prototip.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, Xitoy “Yo‘l harakati politsiya robot’’larini birinchi ishga tushirgan davlat hisoblanadi. Shimoliy Xitoydagi Handan jamoat xavfsizligi byurosi shahardagi zobitlarga yordam berish uchun uch turdagi transport robotlarini joylashtirgan. Uch turdagi robotlar bir-biridan farq qiladi va o‘ziga xos vazifalarni bajaradi.
Birinchisi — yo‘l patrul roboti bo‘lib, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari kabi sariq forma va oq shlyapali, haydovchilarni aniqlash va qoida buzganlarni suratga olish uchun mo‘ljallangan.
Ikkinchisi — maslahat transporti roboti, u mashinalarni stansiyalarga joylashtiradi, aholining savollariga javob beradi, ular borishi kerak bo‘lgan joyga yo‘l ko‘rsatadi. Shuningdek, u har qanday xavf va gumondorlar haqida politsiyaga avtomatik xabar berishi mumkin.
Nihoyat oxirgisi — baxtsiz hodisalardan ogohlantiruvchi robot. U transport vositalari haydovchilariga politsiya yo‘l-transport hodisasini bartaraf etayotgan paytda xabar beradi.