Xoʻjand-Toshkent yoʻnalishida yangi elekropoyezd qoʻyildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarning tojik sigmentida tarqalgan xabarlarga koʻra, Xoʻjand va Toshkent oʻrtasida yangi temir yoʻl yoʻnalishi ochilib, “Toshkent – Xoʻjand – Toshkent” yoʻnalishida 3-dekabrdan harakat yoʻlga qoʻyilmoqda ekan. 

HUKM: YOLG’ON

Haqiqatdan ham Toshkentdan yangi elektropoyezd harakati yoʻlga qoʻyilgan. Ammo bu elektropoyezd Xoʻjandga emas, Toshkent shahridan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Xoʻjakent stansiyasiga qatnovlarni amalga oshiradi. 

Xoʻjand-Toshkent yoʻnalishida yangi elekropoyezd qoʻyildimi?

Xabarlar keyinchalik oʻchirib tashlangan

Bir qancha tojik internet nashri va bloglari: “3-dekabrdan boshlab ushbu elektropoyezd ‘Toshkent – ​​Xoʻjand – Toshkent’ yoʻnalishida harakatlana boshlagan” deya xabar bergan va keyinchalik oʻz sahifalaridan olib tashlagan.

 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ma’lum qilishicha, 3-dekabrdan boshlab Xoʻjand emas,  “Toshkent — Xoʻjakent — Toshkent” yoʻnalishida Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi tezyurar EP3D shaharlararo elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. 

Xabarga koʻra, elektropoyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi: 

  • 7201-sonli — Toshkent-06:18 — Xo‘jakent-07:42
  • 7202-sonli — Xo‘jakent-08:02 — Toshkent-09:17
  • 7203-sonli — Toshkent-12:53 — Xo‘jakent-14:03
  • 7204-sonli — Xo‘jakent-14:33 — Toshkent-15:48
  • 7205-sonli — Toshkent-18:10 — Xo‘jakent-19:20
  • 7206-sonli — Xo‘jakent-19:45 — Toshkent-21:03

Toshkent boʻlinmasining yagona hudud chipta narxi 20 000 soʻm, bolalar uchun esa 11 500 soʻm etib belgilangan. Oʻrindiqlar soni 586 ta. Maʼlumot tablolari va yongʻin xavfsizligi tizimi oʻrnatilgan. Poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikka chiqa oladi.