Ijtimoiy tarmoqlarda bir kunda 5–6 donadan ko‘p mandarim iste’mol qilmaslik kerakligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Ayrim norasmiy manbalar mandarin allergik kasalliklarni qo‘zg‘ashi mumkinligini ham aytib o‘tgan.
HUKM: ROST
Mandarin vitaminlar, antioksidantlar va boshqa foydali moddalarning ajoyib manbai hisoblanadi. Bu meva C vitaminining kunlik me’yorini chorakdan ko‘prog‘ini ta’minlaydi. Bu vitamin teri salomatligi, yaralarning bitishi va immunitet tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun muhimdir. Bu meva bir yoshgacha bo‘lgan bolalar va sitrus mevalariga alergiyasi bo‘lganlar odamlardan tashqari, hamma uchun foydalidir.
Bitta o‘rtacha mandarin (88 gramm) quyidagi ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi:
- Kaloriya: 47
- Uglevodlar: 12 gramm
- Oqsil: 0,7 gramm
- Yog‘: 0,3 gramm
- Tola: 2 gramm
- C vitamini: kunlik qiymatning 26%
- Magniy: kunlik qiymatning 2,5%
- Kaliy: kunlik qiymatning 3%
- Mis: kunlik qiymatning 4%
- Temir: kunlik qiymatning 1%
Dietolog Nadejda Tsapkina kuz-qish mavsumida eng ko‘p sevib iste’mol qilinadigan mandarin mevasining inson tanasi uchun foydali va zararli tomonlarini sanab o‘tdi: “Mandarin tarkibida kalsiy, magniy, kaliy, D, K va B vitaminlari ham mavjud. Shuningdek, ular tarkibida fitontsidlar – bakteriyalar, mikroskopik zamburug’lar va protozoyalarning o‘sishi va rivojlanishini to‘xtatadigan biologik faol moddalar mavjud.”
Shuningdek mutaxasis dietolog mandarinlarda ko‘p miqdorda fruktoza mavjudligini ta’kidlagan. Mandarinni kun davomida tavsiya etilgandan ko‘proq iste’mol qilish jigar bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkinligini aytgan.
Dietolog mutaxasis Yelena Solomatina ta’kidlashicha, ba’zi kasalliklar mandarin iste’molini cheklaydi:
“Sitrus mevalari anchagina allergen bo‘lib, odamda sitrus mevalariga hech qachon allergiya bo‘lmagan bo‘lsa ham, haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish oqibatida allergiya paydo bo‘lishi mumkin. Agar sizda individual intolerans mavjud bo‘lsa, mandarinlarni iste’mol qilmaslik kerak. Shuningdek, mandarin iste’mol qilganda gastrit, kolit, pankreatitning kuchayish holatlari shifokorlar tomonidan qayd etilgan. Ayniqsa, bunday kasalliklarga chalingan odamlar och qoringa mandarin iste’mol qilishlari xavflidir.”
Yelena Solomatinaning ta’kidlashicha kunlik mandarin iste’moli uchtadan oshmasligi kerak. Mandarinni turli xil ovqatlar, masalan, nonushta, gazak va tushdan keyin gazak o‘rtasida taqsimlagan ma’qul degan mutaxasis.
Mandarin tarkibidagi shakar tufayli diabetga chalingan be’morlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Bu mevani ko‘p iste’mol qilish qondagi qand miqdorining keskin ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabet bilan og‘rigan odamlarga mandarin iste’mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.