Taksi narxlari pasaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Raqobat qo‘mitasi bayonotidan so‘ng taksi xizmatlaridan biri o‘z xizmatlari narxini pasaytirishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. “Endi manzilga yetib borish arzon bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Bu haqdagi ma’lumotlar 13-dekabr kuni paydo bo‘ldi. Bir necha kundan keyin biror narsa o‘zgardimi?

HUKM: BAJARILMAGAN

Darhaqiqat, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raqamli platforma operatorini ustun mavqega ega deb tan oldi.

“Dekabr oyining dastlabki 10 kunida platforma xizmatlari narxlari monitoringi davomida narxlar dinamikasidagi keskin o‘zgarishlar aniqlandi. “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeini suiisteʼmol qilish, jumladan, monopolistik yuqori narxlarni belgilash taqiqlanadi”, — deyiladi xabarda.

Raqobat qo‘mitasi kompaniyani yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlarini pasaytirish choralarini ko‘rish va platformaning narx belgilash algoritmini qayta ko‘rib chiqish zarurligi haqida ogohlantirdi.

Uch kundan keyin, 16-dekabr kuni yo‘llar muzlagan, tirbandlik paytida narxlar pasaymadi, aksincha, ko‘tarildi. Jumladan, foydalanuvchilar Yunusoboddan Sirg‘ali yarmarkasiga boradigan yo‘l narxi 110 ming so‘m ekanini aytishgan. 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda narxlarni shunday asoslashgan:

“Aslida kompaniya narxlarni qo‘lda belgilamaydi — tizim buyurtmalar soni, bo‘sh avtomobillar mavjudligi, ob-havo sharoiti va boshqa parametrlar kabi omillarni hisobga olgan holda avtomatik ravishda yo‘l narxini qayta hisoblab chiqadi. Mavjud vaziyatni hisobga olgan holda — metan uchun katta navbatlar, Avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stantsiyasilari yopiqligi va benzinda ishlashning iqtisodiy foydasizligi — yo‘l uchun narx obyektiv ravishda belgilanadi”.

Hozircha ba’zi pabliklarda paydo bo‘lgan, endi taksiga chiqish arzon bo‘ladi, degan va’dalarni bajarilmagan deyish mumkin. Narxlarga ob-havo sharoitidan tortib, transport harakatigacha bo‘lgan bir qator omillar ta’sir qilishda davom etmoqda.