Internetda Ilon Maskning dipfeykidan foydalanilgan video paydo bo‘ldi. Biroq, u tezda “X” tarmog‘ida fosh qilindi.
Soxta videoda “Tesla” bosh direktori tanlov o‘tkazayotgani va 20 million dollarlik kriptovalyutani sovg‘a qilayotganini e’lon qilgan.
Shuningdek, Mask go‘yoki “Elon4u.com” veb-saytida raqamli aktivlar tarqatayotganini aytib, ro‘yxatdan o‘tish vaqti cheklanganligi sababli tomoshabinlar ishtirok etishga ulgurishlari uchun qat’iy va tezkor harakat qilishga undaydi.
“Ilon Mask va uning kompaniyalari hech qanday kriptovalyuta tarqatilishini tashkil qilmayapti. Firibgarlarning hiylalariga ilinmang! Ogoh bo‘ling”, — deb yozishdi keyinroq “X”da.
Dipfeyklar yordamida firibgarlik tobora murakkablashib bormoqda va kripto hamjamiyati ogoh bo‘lishi hamda bunday da’volar va ularning manbalarining to‘g‘riligini bir necha martalab tekshirishi kerak.
“YouTube”da ham feyk “Tesla” kanali paydo bo‘lib, unda Donald Tramp bilan bahslashayotgani aytilayotgan Ilon Mask ishtirokidagi video tarqatildi. Firibgarlar foydalanuvchilarga bepul tokenlarni tarqatishni va’da qilmoqda.
Ilgari ham Ilon Maskning dipfeyki paydo bo‘lgan, ammo unda u go‘yoki “NASA”ning Oyga qo‘nayotganiga shubhasini bildirgan.Bundan tashqari, Factchecknet.uz sayti turli texnologiyalar, jumladan, dipfeyklarni aniqlash yordamida videoroliklarni tahlil qilish vositasi — “Deepware” haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishgandi.