Telegram aloqa va ma’lumot olish uchun mashhur platformalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, yangi firibgarlik sxemalari paydo bo‘lmoqdaki, ular haqida oldindan bilish yaxshiroqdir.
Biz firibgarlar qanday qilib bepul premiumni taklif qilishlari yoki o‘zlarini platforma xavfsizligi xizmati sifatida maskirovka qilishlari haqida gapirib bergan edik. Biroq, firibgarlar bir xil usullardan uzoq foydalanishmaydi va aldash ssenariylari o‘zgarishi mumkin. Bu yerda yangi hiylalarning ba’zilarini keltiramiz.
1-hiyla. “Layk orqali pul ishlab oling”
Darhol aytaylik, bu sodir bo‘lmaydi. Ishonchli foydalanuvchilar oson pul o‘rniga faqat pullari bilan xayrlashishlari mumkin. Agar bu variant siz uchun bo‘lmasa, unda yangi aldash ssenariysi haqida bilib olishingiz kerak.
Birinchi qadam — firibgar o‘zini taniqli kompaniyadan deb tanishtirib, foydalanuvchi bilan bog‘lanadi va “ish” taklif qiladi. Ikkinchi qadam — tez daromad topish va’dalari boshlanadi. Shunchaki layk bosish va daromad olish kerak.
Hiyla nimada? Biroz vaqt o‘tgach, firibgar sizdan onlayn-do‘konda mahsulot sotib olishingizni, ko‘rsatilgan kartaga pul o‘tkazishingizni va pul o‘tkazmasining skrinshotini yuborishingizni so‘raydi. Shu bilan birga, sarflangan mablag‘ni foizi bilan qaytarishga va’da beradi. Biroq, o‘tkazilgan pul firibgarlarga tushadi va uni qaytarib bo‘lmaydi.
2-hiyla. “Salom, suratdagi senmi?”
Foydalanuvchilar go‘yoki ichida fotosuratlar bo‘lgan faylli xabarlarni olishadi. Yomon niyatli odamlar tanishlar va do‘stlar nomi ostida yashirinishlari mumkin. Bundan tashqari, xabarlar noma’lum raqamlardan kelishi mumkin, ammo u yerda: “Salom, suratdagi senmi?” degan yoziv bo‘ladi.
Buzg‘unchilar foydalanuvchilarning qiziqishi ustun kelib, troyan virusi bo‘lishi mumkin bo‘lgan faylni yuklab olishini kutishadi.
Bunday xabarlarga, hatto do‘stlar va oila a‘zolaridan kelganida ham, ishonmaslik kerak.
3-hiyla. Mashhur insondan xabar
Qozog‘istonda firibgarlar Telegram va WhatsApp messenjerlarida Davlat xizmati ishlari bo‘yicha agentlik apparati rahbari Alibek Ahmedyarov nomiga yashiringan soxta xabarlarni tarqatishdi.
Idora maʼlumotlariga koʻra, firibgarlar soxta akkauntlar yaratgan.
“Agentlik fuqarolarni shtab boshligʻi nomidan yolgʻon maʼlumot yuborayotgan firibgarlar haqida ogohlantiradi. Bunday harakatlar maxfiy ma’lumotlarni olish va ulardan jinoiy maqsadlarda foydalanishga qaratilgan”, — deyiladi agentlik xabarida.
4-hiyla. “Rasmiy kanalga obuna bo‘ling”
Firibgarlar Wildberries niqobi ostida fishing hiylalaridan foydalanishlari mumkin. Ular yetkazib beruvchilarni Wildberriesworld.xyz soxta domenini ko‘rsatuvchi “tadbirkorlar uchun rasmiy veb-sayt va Telegram kanaliga” obuna bo‘lishga taklif qiladi.
Obuna bo‘lish uchun foydalanuvchilardan tizimga kirish so‘raladi, bu aslida shart emas.
“Firibgarlar telefon raqamini kiritishga ishontira oladigan yetkazib beruvchilarni topishga harakat qilmoqda. Bu ularning akkauntlariga kirish huquqidan mahrum bo‘lishiga olib keladi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Muhim! Telegramda firibgarlarning hiylalariga tushib qolmaslik uchun ehtiyot bo‘lish zarur. Notanish odamlarning xabarlariga ishonmang, ayniqsa ular oson pul, sovg‘alar va’da qilsa yoki zudlik bilan biror narsa uchun pul to‘lashni talab qilsa. Ma’lumotni har doim rasmiy manbalar orqali tekshiring. Parollar, SMS-kodlari yoki bank kartasi tafsilotlari kabi shaxsiy ma’lumotlar bilan bo‘lishmang. Shubhali havolalardan ehtiyot bo‘ling — ular soxta saytlarga olib kelishi mumkin.
Telefon raqamingizga kirishni cheklash va ikki faktorli autentifikatsiyani yoqish orqali hisobingiz maxfiyligini sozlang. Agar kimdir o‘zini tanishingiz yoki kompaniyaning xodimi deb tanishtirsa, buni boshqa manbalar orqali yana bir bor tekshiring.
Botlardan ehtiyot bo‘ling — ular sizning shaxsiy yoki to‘lov ma’lumotlaringizni so‘rashi mumkin. Agar firibgarlikka duch kelsangiz, Telegram akkauntingiz yoki kanalingiz haqida xabar bering va tegishli xizmatlarga murojaat qiling.