Internetda Arnold Shvartsenegger tanib bo‘lmas darajada o‘zgargani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
“Temir Arni”ni Nyu-Yorkda besh nafar qo‘riqchisi bilan ko‘rishgan. U horg‘in va keksaygan ko‘rinardi”, — deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda darhol uning sog‘lig‘i haqidagi taxminlar paydo bo‘ldi. Arnold Shvartsenegger haqiqatan ham betobmi?
HUKM: YOLG‘ON
Internetda paydo bo‘lgan kadrlar filmni suratga olish vaqtida olingan. 77 yoshli Arnold Shvartsenegger yangi “Qop ko‘targan odam” filmida Santa rolini ijro etmoqda. Aktyorni Nyu-Yorkdagi ko‘chada suratga olishgan va u bu shaharda Santa Klaus obrazida paydo bo‘lgan.
Xabar berilishicha, syujetga ko‘ra, Santa o‘zining sehrli sovg‘alar qopini yo‘qotib qo‘yganidan so‘ng uni topishga yordam berishi mumkin bo‘lgan sobiq o‘g‘ri Vens (Alan Richson)ni uchratadi. Vens qizi, Santa va namunali bo‘lmagan elflar to‘dasi bilan birga Rojdestvoni qutqarish uchun hayotidagi eng katta talonchilikka kirishadi.
Uning roli haqida 2024-yil mart oyida e’lon qilingandi.
“Alan Richson bilan “Qop ko‘targan odam” filmida suratga tushish fantastikadir. Bizning rejosyorimiz Alam Shenkman, men birga ishlagan eng ajoyob postanovkachilardan. Nyu-York suratga olish uchun ajoyib joy. “Amazon MGM Studios” bilan ishlash quvonchli. Men har biringiz bilan Rojdestvo quvnoq kayfiyatini baham ko‘rishni sabrsizlik bilan kutayapman”, — deb yozdi Shvartsenegger Instagramdagi sahifasida.