Ijtimoiy tarmoqlarda 10 million dollar va undan ortiq boyligi bo‘lgan investorlar kech uyg‘onayotgani va erta turuvchilar pulni ko‘proq yo‘qotishlari haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
HUKM: YOLG‘ON
Bunday da’volar ilmiy dalillar bilan tasdiqlanmagan. Aslida, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli investorlar o‘zlarining xronotipiga mos keladigan uyqu jadvalini saqlab qolishadi va uyqu sifatiga e’tibor berishadi. Erta yoki kech oyg‘onish investitsiya muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qilmaydi, asosiysi barqaror va mos rejimni saqlashdir.
Ko‘pgina muvaffaqiyatli shaxslar, masalan, CEO kompaniyalar va taniqli liderlar, yuqori natijalarga erishishda ertalabki tartibning muhimligini ta’kidlab, muntazam ravishda erta turishni odat qiladi. Masalan, “Apple” bosh direktori Tim Kuk ish kunini soat 3:45 da boshlaydi, Opra Uinfri esa tongni o‘ziga bag‘ishlash uchun soat 6:02 da uyg‘onadi. “Virgin Group” asoschisi Richard Brenson ertalab soat 5:00 da uyg‘onadi, bu esa unga kunni samarali boshlash va diqqatini jamlashga yordam beradi.
Erta uyg‘onish unumdorlikka qanday bog‘liq?
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sahar vaqti ko‘p odamlar uchun ayniqsa samarali hisoblanadi. Bir qator ilmiy kuzatishlarga ko‘ra, ertalabki soatlarda organizmning hushyorligi yuqoriroq bo‘lib, diqqatni tashqi omillar chalg‘itmaydi.
Bu sizga kunni yuqori konsentratsiya bilan boshlash, asosiy ish kuni boshlanishidan oldin ko‘proq ishlarni bajarish va eng yuqori mahsuldorlikda uzoqroq turish imkonini beradi. Uyqudan erta turganlar ertalabki mashg‘ulotlarga vaqt ajratish, kunni rejalashtirish hamda ishiga va umumiy farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish afzalliklariga ega.
Ilmiy tadqiqotlar: erta turuvchilar va muvaffaqiyat
Boloniya va Geydelberg universitetlari tomonidan olib borilgan qo‘shma tadqiqot kabi tadqiqotlar erta turuvchilarning martaba muvaffaqiyatiga erishish ehtimoli ko‘proq ekanligini ko‘rsatadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, erta uyg‘onishni odat qilgan odamlar odatda o‘z martabalarida ko‘tarilish imkoniyatiga ega. Bir sabab shundaki, erta uyg‘onadiganlar ertalabdan an’anaviy korporativ jadval bilan ish boshlshadi. Kech turadigan “boyqushlar”dan farqli o‘laroq, ular ish muhitiga tezroq moslashadi va kunning birinchi yarmida, ko‘pchilik ofislar eng faol bo‘lgan paytda topshiriqlarni osonlikcha bajaradi.
Biologik jihatlar va individual farqlar
Biroq, erta turish muvaffaqiyatning yagona sharti emas va u hamma uchun mos kelmaydi. Insonning uyqu afzalliklarida biologik xususiyatlar va genetik omillar muhim rol o‘ynaydi.
“Boyqushlar” uchun erta turish foydali bo‘lmasligi mumkin, chunki bunda ularning tabiiy bioritmi buziladi, umumiy mahsulldorlik va konsentratsiyani kamaytiradi. Aslini olganda, har bir inson uchun o‘zining ichki soatiga mos keladigan tartibni ishlab chiqish muhimroqdir. Masalan, kech uyg‘onish unumdorlikni kamaytirmaydi – ba’zi odamlar uchun tungi vaqt ularning eng ijodiy va samarali vaqti hisoblanadi.
Kognitiv funktsiyalarga uyquning ta’siri
Uyquning sifati va uning muntazamligi uyg‘onish vaqtiga qaraganda miyaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun muhimroq omillardir. Erta uyg‘ongan bo‘lsangiz ham, uyqu yetishmasligi kognitiv funktsiyaga, diqqatni jamlashga va ijodkorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ko‘pgina muvaffaqiyatli odamlar uchun vaqtdan qat’i nazar, barqarorlik va yetarli uyqu birinchi o‘rinda turadi. Bu uyqu va uyg‘onish o‘rtasidagi muvozanat yuqori energiya darajasini saqlab qolish va hissiy charchashning oldini olishga imkon beradi.
Erta uyg‘onuvchilar muvaffaqiyatining ko‘plab misollariga qaramay, erta turish muvaffaqiyatning universal retsepti emas. Salomatlik va mahsuldorlikni qo‘llab-quvvatlaydigan rejimni topish uchun bioritmlar va fiziologik xususiyatlarga e’tibor qaratish muhimdir.