AI texnologiyalaridan foydalanishga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Biroq, bu imkoniyatlar har doim ham foydali emas.
Masalan, Telegram kanallaridan birida go‘yoki uch marta iqtisodiyotni inqirozdan qutqargan shaxs haqidagi reklama postini ko‘rishingiz mumkin.
Uning ismi o‘quvchilar uchun hech narsani anglatmaydi — u Gennadiy Babulin va “o‘nlab mamlakatlarni defolt va to‘liq iqtisodiy halokatdan qutqargan”.

HUKM: FEYK
Nega sizni bu odam bilan tanishtirishyapti? Hammasi oddiy — havolani bosishingiz yoki dunyoning so‘nggi voqealari va prognozlarini tahlil qilishni va’da qiluvchi kanalga obuna bo‘lishingizni istashadi. Masalan, eng shov-shuvlilaridan biri: dollar 40 rubldan pastga tushadi.

Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek tilidagi segmenti foydalanuvchilarini gap chet el valyutasi haqida ketayotgani shubhalantirishi kerak. Faraz qilaylik, reklama beruvchi auditoriyani tanlashda xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo umuman olganda, prognoz rus valyutasining mustahkamlanishi va keskin sakrashni va’da qilmoqda. Bu ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan vaqtda bir dollar rublga nisbatan 82,5 ga teng boʻlganini hisobga olgan holda (29-aprel maʼlumotlariga koʻra).
Shubhalantiradigan jihati bu mutaxassisning fotosurati yoki uni “rus iqtisodchisi” sifatida tanishtirishayotganidir.Google tasvirini teskari qidirish Oliy Iqtisodiyot maktabining veb-saytiga olib keladi. Suratda Igor Kim, u Iqtisodiyot fanlari fakulteti dotsenti, OIMning birinchi bitiruvchilaridan. Maqolada u o‘zining hayot yo‘li haqida gapiradi, matn bilan birga Mixail Dmitriyev olgan fotosurat ham bor.

“Illuminarty”dan sun’iy intellekt yordamida suratlarni tahrirlash bo‘yicha qidiruv 34 foizga mos kelishni ko‘rsatadi.

Bu eng yuqori natija emas, lekin siz fotosuratda yuzni o‘zgartirib, fonda boshqa tafsilotlarni saqlab qolgan holda ishlanganligini ko‘rishingiz mumkin. Kiyimlar ham o‘zgarishsiz qolgan, xuddi fotosuratdagi tananing holati kabi.
Bu keys misolida haqiqiy odamni qanday qilib boshqa birov sifatida tanishtirishlari, hatto uning yangi biografiyasining tafsilotlarini ham yozishlari mumkinligini ko‘rasiz. Misol uchun, uning bir necha bor turli mamlakatlarni defoltdan qutqargani haqida qo‘shilgan. Shu kabi xabarlardagi havolalarga o‘tish kerakmi? Bu savolga javobni bilishingizga ishongimiz kelayapti.