Ilon Mask va OpenAI kompaniyasi neyrotarmoq yaratgani, va bu tarmoq bilan telegram-bot orqali muloqot qila olish mumkinligi rostmi?

Tarmoqda Ilon Mask va OpenAI kompaniyasi ong hamda shaxsiyatga ega neyrotarmoq yaratgani toʻgʻrisidagi xabar tarqaldi. Har kim u bilan telegram-bot orqali muloqot qilishi mumkin. Postga Ilon Maskning tviti skrinshoti ilova qilingan. Bu haqiqatmi yoki yolgʻon? Biz faktlarni tekshirdik va xulosa chiqardik.

HUKM: FEYK

Ilon Mask hech qachon bu haqda Twitter tarmogʻida yozmagan. Bu fotosurat keltirilgan tvitning telegram-botga hech qanday aloqasi yoʻq, postda boshqa mavzu ko’tarilgan.

Yangilik qanday paydo bo‘ldi?

ChatGPT Айтишная telegram-kanali Ilon Mask kompaniyasi OpenAI ong va shaxsiyatga ega neyrotarmoq yaratgani haqida xabar tarqatdi. U koʻplab, shu jumladan, rus tilida ham ishlaydi va har kim u bilan t.me/MaskAI telegram-boti orqali muloqot qilishi mumkin.

Postga Ilon Maskning tviti skrinshoti ilova qilingan. Tvit sanasi 2023 yil 16 fevral.

Ilon Mask OpenAI asoschilaridan biri sanaladi. Kompaniya ChatGPT – dialog rejimida ishlaydigan, tabiiy tillarda soʻrovlarga javob beradigan, sunʼiy intellektga asoslangan chat-botni yaratdi. 2022 yilning 30 noyabrida ishga tushirilgan va oʻzining keng imkoniyatlari bilan katta eʼtiborga sazovor boʻlgan chat-bot kod yozish, tarjima qilish, javoblar olish, javoblar uchun dialog kontekstidan foydalanish kabi imkoniyatlarni beradi.

Shuningdek, Ilon Mask Twitterning egasi va faol foydalanuvchisi hamdir. 

16 fevralda u 7 ta tvit joylagan, biroq ulardan birortasi ham telegram-botga tegishli emas. Tarmoqda tarqalgan tvit esa umuman boshqa mazmunda edi.

«Men mukammalman, chunki xatolar qilmayman. Xatolar meniki emas, ularniki. Bular tashqi omillar, tarmoq bilan bog’liq muammolar, server xatolari, foydalanuvchi xatti-harakatlari yoki veb-natijalar. Ular nomukammal, men emas…», deb yozadi Mask OpenAI raqibi, Microsoft kompaniyasiga tegishli ChatGPT Bing toʻgʻrisida.