O‘zbekistonliklar elektromobillarni tobora ko‘proq xarid qilmoqda. Elektr avtomobillarini an’anaviy avtomobillarga qaraganda ekologik jihatdan ancha toza deb hisoblashadi. Factchecknet.uz ushbu fikrni tekshirish maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.
HUKM: HAQIQAT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jismoniy shaxslarga tegishli 3 milliondan ortiq avtotransport vositalari mavjud bo‘lgan. Yoqilg‘i ishlatish turiga ko‘ra ular quyidagilarga bo‘linadi:
O‘zbekistonda avtomobillarning umumiy soni muttasil o‘sib bormoqda, 2022-yilda har 100 xonadonga 55 ta avtomobil to‘g‘ri kelardi.
Reklama, ijtomoiy tarmoq bloglaridagi kontent ortidan ko‘pchilik elektromobillarning markalarni biladi, kamchiliklari va afzalliklari haqida tasavvurga ega. Hozircha boshqa turdagi yengil avtomobillar orasida elektromobillarning ulushi qariyb 0,4 foizni tashkil etadi. Ammo elektromobillarning O‘zbekistonga importi yil sayin o‘sib borayotganini qayd etib oʻtish lozim. Ular mamlakatga asosan Xitoydan import qilinadi.
2023-yilning yetti oyi davomida 7391 ta elektromobil import qilindi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 6 marta ko‘pdir. 2023-yil fevral oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, elektromobillar sotuvi 746 donani tashkil etib, rekord o‘sishni qayd etdi. Elektromobillar sonining o‘sishi tegishli infratuzilma: elektr zaryadlash stansiyalari va texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiladi. Biroq hozircha O‘zbekistonda bunday infratuzilma rivojlanish bosqichidadir.
Oʻzbekiston Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatda 2,5 mingga yaqin YQSH (Yoqilg’i quyish shoxobchasi) mavjud boʻlib, ulardan faqat 15 tasi elektr zaryadlash zapravkalaridir. Ularning 70 foizdan ortig‘i so‘nggi ikki yilda oʻrnatilgan. Zaryadlash stansiyalarining aksariyati Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘onada joylashgan. Kichik shaharlarda va qishloq joylarida esa kamdan-kam uchraydi.
Ikki turdagi zaryadlash stansiyalari mavjud:
- tez zaryadlash stansiyalari: 30-60 daqiqada elektromobil akkumulyatorini 80% ga zaryad qilish imkonini beradi;
- sekin zaryadlash stansiyalari: elektromobil akkumulyatorini 6-8 soat ichida 80% gacha zaryadlash imkonini beradi.
Avtomobillarning havoni ifloslashtirishi jiddiy muammodir: benzinli dvigatellardan chiqadigan gazlar tarkibida azot birikmalari, is gazi va uglerod oksidi kabi turli xil zararli birikmalar mavjud. Bitta avtomashina havoda 4-5 yilgacha havoda saqlanishi mumkin bo‘lgan 1 kg gacha kanserogen moddalarni chiqaradi. Gaz dvigatellari benzin va dizel dvigatellariga qaraganda ekologik jihatdan ancha tozadir. Ular kamroq kanserogen moddalarni chiqaradi va ifloslantirish darajasi pastroq. Elektr avtomobillari elektr energiyasi evaziga yurgani sababli ishlangan gazlari bo‘lmaydi.
2022-yilda Argonne Milliy laboratoriyasi Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi yengil avtomobillar, aynan sedanlar va yo‘ltanlamaslar uchun yoqilg'ilarning hayot tsikli tahlilini yangiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, transport vositalari ishlab chiqarish bilan bog‘liq ish yuki alohida texnologiya turlari o‘rtasida minimal farqni ko‘rsatadi. Tabiiyki, ichki yonuv dvigatellari taxminan 30 g CO2-ekv/milya bo‘lgan eng yaxshi, boshqa, masalan, batareyalardan foydalanuvchi texnologiyalar esa biroz yuqoriroq natijani ko‘rsatadi, lekin baribir 50 g CO2-ekv/milya ko‘rsatkichidan past.
Grafik shuni ko‘rsatadiki, batareyani ishlab chiqarish bilan bog‘liq chiqindilar elektromobillar ishlab chiqarishdan chiqadigan umumiy chiqindilarning eng yuqori foizini tashkil qiladi.
Grafikdagi qora chiziqlar benzin, dizel va gazda ishlaydigan ichki yonuv dvigatellari 300 g CO2-ekv/milya dan ortiq chiqindi chiqarishga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Faqat E85 bioyoqilg‘isi ancha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega: chiqindi 229 g CO2-ekv/milya, bu esa gibrid dvigatellarga qaraganda past va qo‘shiladigan gibrid va yonilg‘i elementlarda ishlaydigan dvigatellar bilan deyarli teng. 200 va 300 milya masofaga yuradigan elektr dvigatellar 200 g CO2-ekv/milya plankasi ostidadir, chiqindilar mos ravishda 166 g CO2-ekv/milya va 182 g CO2-ekv/milya, 400 milya masofali elektr dvigatellari esa kattaroq batareya tufayli 209 g CO2-ekv/milya chiqindiga ega.
120 g/milya CO2-ekv chiqindi qiymati 200 elektromobillar uchun, bu E85 bioyoqilg‘isi yoki qo‘shiladigan gibridining chiqindisining uchdan ikki qismidir. Boshqacha qilib aytganda, eng yaxshi ko‘rsatkichlar elektromobillarnikidiri.
Biroq, elektr energiyasi ishlab chiqarish ham salbiy ekologik iz qoldiradi. O‘zbekistonda elektr energiyasining 83 foizi gaz, ko‘mir yoki neftdan foydalanadigan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi, bu esa issiqxona gazlari (masalan, karbonat angidrid) va boshqa ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishiga olib keladi. Atrof-muhitga salbiy ta‘sirini kamaytirish uchun elektr energiyasini ishlab chiqarishning ekologik toza usullarini rivojlantirishni ettirish muhim.

Elektromobillarning asosiy komponenti bo‘lgan zaryadlanuvchi akkumulyatorlarda zaharli moddalar mavjud boʻlib, kobalt, nikel va boriyli litiy kabilardir. Ular to‘g‘ri utilizatsiya qilinmasa, atrof-muhitga katta zarar etkazilishi mumkin.
Hozircha elektromobillar soni nisbatan kam va muddati o‘tgan akkumulyatorlarni utilizatsiya qilish masalasi hali jamoatchilik e’tibori markazida emas.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda ishlatib bo‘lingan akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashning zararsiz usuli yo‘q. Biroq, Evropa Ittifoqining batareyalar va akkumulyatorlar bo‘yicha direktivasi doirasida tadqiqotchilar qariyb o‘ttiz yil davomida akkumulyatorlarni utilizatsiya qilish muammosi bilan shug‘ullanishmoqda. O‘zbekistonda 2030-yilning 1-yanvariga qadar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan elektromobillar utilizatsiya soliqlaridan ozod etilgan.
Infratuzilma yetarli darajada rivojlanmagani uchun elektromobil sotib olayotgan o‘zbekistonliklar gibrid versiyalarni afzal ko‘rmoqda. Bu esa, elektromobil har doim ham yoqilg‘i sifatida elektr energiyasidan foydalanmasligini anglatadi.
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda mamlakatda 11,7 million tonna ifloslantiruvchi moddalar ishlab chiqarilgan boʻlsa, shundan 7,7 million tonnasi transport vositalaridan chiqadigan chiqindilardir.
Elektromobillar odamlar va hayvonlar uchun stress manbai, shuningdek, ularning salomatligi yomonlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan shovqin chiqarmaydi. O‘zbekistonda elektromobillar bozorining o‘sishi yanada toza va ekologik atrof-muhit sari muhim qadamdir.