Uch yoshdan kichik bolalarga choy ichish xavflimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 yoshgacha bo’lgan bolalarning choy iste’mol qilishi xavfli degan xabar tarqalmoqda. Unda aytilishicha, choy hali shakllanib ulgurmagan tanani o‘sishdan to‘xtatadi yoki rivojlanishni buzadi.

Factchecknet.uz ushbu ma’lumotni tekshirib ko´rdi. 

HUKM: QISMAN HAQIQAT

Choylar bolalar salomatligiga turlicha ta’sir o‘tkazadi. Ayrimlari bolalarga tavsiya etilmasa, ba’zilari ma’lum yoshdan keyin foydali deya baholanishi mumkin. Choy ichishning kichik yoshdagi bolalarga ta’siri haqida turli manbalar bir-biridan mustaqil ravishda ekspertlar xulosalariga tayangan holda ma’lumotlar taqdim etadilar (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8).

Xususan, choylar va ularning xususiyatlari bayoniga ixtisoslashgan Tea.ru nashri eksperti, pediatr Yekaterina Volkova bolalar uchun ruxsat etilgan ichimliklar ro‘yxati yuzasidan o’z tibbiy bilimlarini bilan o’rtoqlashdi:

An’anaviy choylar. Har qanday an’anaviy choy (qora, yashil, oq va boshqalar) juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega, ammo u bolaning tanasiga kattalarga qaraganda boshqacha ta’sir qiladi. Xususan, taninlar temirning to‘g‘ri so‘rilishiga ta’sir qiladi, purinlar buyraklar yukini oshiradi, kofein esa asab tizimini qo‘zg‘atadi. Bundan tashqari, tanin nozik sut tishlarining rangi o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Aynan shu sabablarga ko‘ra shifokorlar erta maktab yoshigacha bo‘lgan davrda choyni ehtiyotkorlik bilan iste´molga kiritishni tavsiya qiladilar. An’anaviy choy ichishga 2 yoshdan ruxsat berilgan.

“Camellia sinensis” barglaridan olingan klassik choy bolalarga faqat yuqori darajada suyultirilgan shaklda, har to‘rt kunda 50 ml dan oshmagan holda berilishi kerak. Uch yoshdan boshlab har kuni 100 ml, olti yoshdan boshlab esa har kuni 200 ml ichish mumkin. Qora choy bolalar uchun tayyorlanayotganda juda ochiq rangga ega ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar siz farzandingizga yashil choy bersangiz, ichimlikning kuchini ta’mga qarab tekshiring. Ushbu mahsulotni birinchi marta diyetaga kiritayotganda yoki uning dozasini oshirganda, bolaning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatib borish kerak. Agar bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qo‘zg‘aluvchanlikning kuchayishi yoki diqqatning buzilishi belgilarini sezsangiz, bolaga choy bermang.

Bolalar choyi. Bunday choylar xilma-xil qadoq va tarkibda keng tarzda ishlab chiqarilishi va taklif etilishiga qaramay, shifokotlar ularni rasionga kiritishda ehtiyot bo‘lishni maslahat berishadi.Sababi, chaqaloq choyi tarkibida o‘tlar mavjud bo‘lib, ularning chaqaloqning tanasiga ta’sirini har doim ham oldindan aytib bo‘lmaydi. Hatto zararsiz romashka ham ba’zida allergiyaga olib keladi. Bunday qo‘shimchalar bilan tajriba qilishdan oldin pediatringiz bilan maslahatlashing: agar bola sog‘lom bo‘lsa, unda o‘tlarni sinab ko‘rishning hojati yo‘q, agar u kasal bo‘lsa, davolanish mutaxassis tomonidan tanlanishi kerak. Bunday choylarni iste’molga kiritish 9 oylikdan boshlab ruxsat etiladi. Xosh, uni diyetaga qanday kiritish kerak?

Faqat tabiiy o‘tlarni o‘z ichiga olgan filtr-qopchali choylardan tanlang, eritib tayyorlanadigan choydan saqlaning. Kichik miqdordagi (50 ml) iste’moldan boshlang va bolangizni diqqat bilan kuzatib boring. Allergiya reaksiyasining eng kichik belgisida ham bir necha oy davomida chaqaloqning rasioniga bolalar choyini kiritishdan saqlaning.

Qo‘shimcha sifatida bolalar rasionidagi boshqa ichimliklar haqida ma’lumot beramiz.

Suv. U bolalar va kattalarning asosiy do‘sti. Butun dunyo shifokorlari chanqoqni qondirishning yagona to‘g‘ri varianti suv ekanligiga ishonishadi. JSSTning so‘nggi tavsiyalariga ko‘ra, u faqat olti oylikdan boshlab bolalarga berilishi kerak. Bu qoida ham emizish, ham sun’iy oziqlantirish uchun teng ishlaydi.

Kompotlar. Vitaminlar va mikroyelementlari tufayli bola uchun juda mos keladigan ichimlik. Biroq siz uni asosiy ichimlikka aylantirmasligingiz kerak, chunki tabiiy mevalardan tayyorlangan bo‘lsa ham, kompot tarkibida tabiiy shakar mavjud. Ichish uchun 1 yoshdan ruxsat etiladi. Kompotni shakar qo‘shmasdan, yaxshi yuvilgan yuqori sifatli mevalardan/quritilgan mevalardan tayyorlash kerak. Ichimlikning tarkibiy qismlariga alergiyasi bo‘lmagan bolalarga ruxsat beriladi.

Sharbatlar. Pediatrlarning fikriga ko‘ra, har qanday yoshdagi bolaning rasioniga sharbatlarni kiritishning hojati yo‘q. Bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqning oshqozon-ichak trakti uchun bu juda murakkab va allergik mahsulot sanaladi, ammo kattaroq bolalar uchun tabiiy mevalar, sabzavotlar va rezavorlardan tayyorlangan sharbat ancha sog‘lom xarakterga ega bo‘ladi. Farzandingiz 9 oylik bo‘lganida siz shakarsiz 1-3 tomchi bir tarkibli sharbatni unga berib boshlashingiz mumkin. Agar bolada allergiya belgilari kuzatilmasa, ichimlik miqdorini asta-sekin oshirib borib, kuniga 50 ml gacha oshirishingiz mumkin. Eslatma: sharbat 1: 1 nisbatda suv bilan suyultirilishi kerak.

Sut. Sut vitamin va mikroyelementlar manbai sifatida bola uchun zarurdir. U 9 ​​oydan boshlab diyetaga kiritiladi, bo‘tqa va omletlarga qo‘shiladi. To‘liq sutni sof shaklda chaqaloqqa faqat bir yoshdan keyin berishga ruxsat etiladi. Biroq uni chanqoqni qondirish uchun ishlatish tavsiya etilmaydi. Tarkibidagi yog‘ miqdori 3,5% dan oshmaydigan pasterizatsiyalangan sutni sotib olish kerak. Bolaning laktozaga allergiyasi yo‘qligiga ishonch hosil qilish muhim.
Kefir va yogurt sutdan farqli o‘laroq tarkibida fermentlangan sut mahsulotlari bo‘lgan foydali va muhim ichimliklar sirasiga kiradi. Bu shuni anglatadiki, ulardagi laktoza qisman parchalangan va organizm tomonidan ancha oson so‘riladi. Bundan tashqari, kefir va yogurtda oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydigan foydali bifidobakteriyalar mavjud. Ruxsat berilgan: 8 oydan boshlab. Shakar yoki qo‘shimchalarsizini tanlang. Ishlab chiqarish sanasi va yaroqlilik muddatini tekshirishni unutmang.