Ijtimoiy tarmoqlarda Qo’shtepa kanalining qurilishi O’zbekistonda suv inqiroziga olib kelishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Unga ko’ra, Qo’shtepa kanali ishga tushirilgandan so’ng 5 yil ichida Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston suv muammosiga duch keladi.
Factchecknet.uz bu xabar nimaga asoslanib berilgani va unda keltirilgan manbalar ishonchlimi degan savolga javob izladi.
Markaziy Osiyo mintaqasi hukumatlari birgina sug’orish uskunalari sotib olish uchun yiliga 200 million AQSh dollaridan ortiqroq subsidiya ajratishadi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) boshqaruvi raisi o‘rinbosari va bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov 2023-yil 16-noyabr kuni Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish” mavzusidagi davra suhbatida doirasida ma’lum qildi.
Yevroosiyo taraqqiyot banki 2028-yilda Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanalining ishga tushirilishi (Amudaryo oqimi kamayadi) mintaqada suv inqirozini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi. YTB hisob-kitoblariga ko‘ra, 2028-2029-yillarda Markaziy Osiyo mintaqasi yiliga 5-12 kub kilometr miqdorda surunkali suv tanqisligiga duch keladi. “Amudaryoning va Sirdaryo oqimining qisqarishi 61 million aholi istiqomat qiluvchi Orol dengizi havzasining butun hududiga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda”, – deydi Yevgeniy Vinokurov.
U, shuningdek, mintaqadagi bir qator muammolarni sifatida infratuzilmaning yomonlashuvi, yerlarning degradatsiyasi, suvning kamayib borishi va sug‘orish imkoniyatlari chegarasi kabilarni sanab o‘tdi. “50 yil – xo‘jalikdan tashqari va xo‘jalik ichidagi sug‘orish infratuzilmasining o‘rtacha yoshi shuncha. Qolaversa, Markaziy Osiyodagi sugʻoriladigan yerlarning yarmi shoʻrlanishga moyil”, – deydi maʼruzachi. Yevgeniy Vinokurovning qoʻshimcha qilishicha, mintaqada sarflanadigan jami suvning 40 foizi filtrlash maqsadlarida ishlatiladi, shundan uchdan bir qismi magistral va xoʻjalikdan tashqari kanal tizimlarida, uchdan ikki qismi xoʻjalik ichidagi kanallarda sarf bo’ladi. Uning so’zlariga ko’ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari yangi sug’oriladigan yerlarni ochish chegarasiga ham yaqinlashmoqda. Masalan, O‘zbekistonda amalga oshirilgan irrigatsiya salohiyati 87 foizni tashkil etadi.

Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari va bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov
Gap shundaki, Orol dengizi havzasiga quyiladigan 116 kub kilometr suv endi mavjud bo’lmaydi. Undan kamroq bo’ladi, lekin ko’payib bormaydi. Suvga bo’lgan talab esa ortib boraveradi, sababi suv iste’molining 92 foizi qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarishga sarflanadi. 116 kub kilometr suvning sug‘orish ishlariga yo’nalganligini 104 ni tashkil etishini inobatga olsak, suvni tejash mintaqaning suv muammolarini hal qilish vositasi sifatida mutlaqo muqobil emasligi ma’lum bo‘ladi”, — deya ishonch bildirdi ma’ruzachi. Evgeniy Vinokurovning so’zlariga ko’ra, 116 kub kilometr suvdan 43 kub kilometri kanal qurilishi natijasida yo’qotiladi. “Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, suv tanqisligi muammosini bartaraf etish uchun suv sarfini yiliga taxminan 2,5 foizga kamaytirish zarur”.
Yuqoridagi ma’ruzaning asosiy xulosalaridan biri haqida YTB tahliliy direksiyasi sanoat tahlili markazi rahbari Arman Oxunboyev shunday deydi: “Sug’orish ulushi baribir ustunligicha qolaveradi: u asosiy o’rin tutadi. Bu iqlim sharoiti bilan ham bog’liq. Ammo issiq iqlim sharoiti tufayli tomchilatib sug‘orish tizimi O‘zbekiston uchun alohida moslashtirilgan”. YTB hisob-kitoblariga ko‘ra, quyidagi to‘rtta yondashuv Markaziy Osiyoda qo‘llash uchun eng istiqbolli yechimlar hisoblanadi: dalalarni aniq lazerli taqsimlash, tomchilatib sug‘orish, purkagichli sug‘orish va suvni aniq hisobga olish uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish. Yevroosiyo taraqqiyot banki mintaqada faqat lazerli rejalashtirish va raqamli suv hisobini joriy etish orqali yillik suv yo‘qotilishini 12 kub kilometrga qisqartirishi mumkinligiga ishonch bildiradi.