15-dekabr kuni Telegram kanallarida Quyoshda soʻnggi 6 yildagi eng kuchli chaqnash sodir boʻlganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Shuningdek xabarda O’zbekiston boʻylab 16-17-dekabr kunlari magnit boʻroni kuzatilishi kutilayotgani borasida fikrlar ham mavjud.
Factchecknet.uz ushbu xabar qanchalik haqiqat ekanligini oʻrgandi.
HUKM: ROST
14-dekabr payshanba kuni NASA oʻzining rasmiy Twitter sahifasida Quyoshda kuchli chaqnash sodir boʻlganligi haqida xabar qoldirdi.

NASAning Quyosh dinamikasi observatoriyasi 14-dekabr, payshanba kuni quyosh chaqnashining (yorqin chaqnash) tasvirini oldi. Foto: NASA/SDO
NASA bayonotiga koʻra, bu kuchli energiya portlashlari radioaloqa, elektr tarmoqlari, navigatsiya signallariga taʼsir qiladi. Shu bilan birgalikda kosmik kemalar va kosmonavtlar uchun xavf tugʻdirishi mumkin. Ushbu maʼlumotlardan soʻng AQSH boʻylab radio chastota oʻchirilishi haqida xabar berilgan. Quyoshning faolligi oxirgi 11 yillik siklda oʻlchanganda, chaqnashlarning eng zaifi B sinfidan C, M gacha, eng kuchlisi X gacha diapazonda tasniflanadi.

Photo: NOAA Space Weather/X
NOAA olimlari 2023-yil 14-dekabr payshanba kungi X-class chaqnashi nafaqat joriy Quyosh siklning eng kattasi, balki, 2017-yil sentyabrdan beri yuz bergan chaqnashlarning eng kuchlisi deb baholadi.
Ushbu chaqnashdan soʻng dunyoning koʻplab mamlakatlarida magnit boʻroni kuzatilyapti.GISMETEO bergan maʼlumotga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida 16-17-dekabr kunlari magnit boʻronlari kuzatilishi haqida ogohlantirgan edi.

Magnit bo‘ronlari – bu odatda quyosh faolligi ta’sirida yer magnit maydonining keskin o‘zgarishi. Magnit bo‘ronlari bir vaqtda Yer yuzining yirik maydonlarida kuzatiladi va ko‘pchilik buni his qiladi. Ayniqsa surunkali kasalliklari bor odamlar uchun xavfli hisoblanadi. Bunda asosan magnit bo‘ronlari ta’sirida qon aylanishi o‘zgarishi asosiy ta’sir vositasi hisoblanadi. Chunki eritrotsitlar tarkibidagi temir moddasi magnitdan ta’sirlanadi. Natijada tomirlarda tiqilmalar hosil bo‘ladi va bu ayniqsa yurak-qon tomir, asab sohasida surunkali kasalliklarga ega insonlar uchun og‘ir kechadi.