Monafit bir oyda 15 kg’ga ozishni yolg‘on va’da qilmoqda

Telegram kanallarida parhez va sport bilan shug‘ullanmasdan oyiga 15 kilogramm vazn yo‘qotishga yolg‘on va’da berayotgan “Monafit” ozdiruvchi vositasi haqida reklamalar tarqatilmoqda.

Ushbu mahsulotning reklamasi Tatyana haqida to‘qima hikoya qiluvchi veb-saytga olib boradi, u go‘yo qorin va son sohalaridagi yog‘larni eritish formulasini yaratgan.

Ushbu veb-resursda dorining ishini namoyish qilish uchun  turli ismlar bilan bir nechta mamlakatlardan tasodifiy odamlarning fotosuratlaridan foydalanilgan.

“Hech qanday nojo‘ya ta’sirlar yo‘q! Monafit – 100% tabiiy ingredientlardan tashkil topgan tabiiy konsentrat bo‘lib, undagi o‘simlik yog‘larining to‘liq majmuasi toksinlardan tozalaydi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi va ochlik hassini tushiradi”, — deya va’da qilinadi murojaatda.

HUKM: YOLG‘ON

Factchecknet.uz ushbu mahsulotni ishlab chiqqani aytilayotgan qiz Tatyana haqida ko‘proq ma’lumot olishga qaror qildi.

Fotosuratlarni qidirish orqali biz noma’lum qizning fotosurati turli platformalarda vazn yo‘qotish mahsulotini sotish uchun turli nomlar ostida foydalanilayotganiga guvoh bo‘ldik. Maqolada ko‘rsatilgan boshqa odamlarning fotosuratlari ham Internetdan olingan va ularning Monafit yordamida vazn yo‘qotganligi to‘qilgan.

Parhez, sport va turmush tarzini o‘zgartirmasdan 15 kilogramm yo‘qotish mumkin emas. Bundan tashqari, bunday keskin vazn yo‘qotish tana uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘zingizni zararli dorilar va parhez tabletkalari bilan qiynamasdan, asta-sekin  tanangizni normal holatga keltirib, vazn yo‘qotish ancha xavfsizroq.

“Sehrli” vositalar mo’jizalar yaratmaydi va bu jarayonda eng muhimi hayot tarzingizni, ovqatlanishingizni o‘zgartirish va sport bilan shug‘ullanishdir.Ilgari biz Ampli 5 magnit bilaguzuklari uchun xuddi shunday reklama haqida yozgan edik, unda ham tez vazn yo‘qotish va’da qilingan edi. Hushyor bo‘ling va Internetdagi bunday va’dalarga ishonmang.