“Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari  va’da qilingan vaqtda ochildimi?

Joriy yilning 26-avgust kuni Yunusobod metro liniyasining ikkita bekati yopilgan edi. Ma’lum qilinishicha, ular to‘rt oydan keyin qayta ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

HUKM: BAJARILGAN

“Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari rejali profilaktika ishlari uchun yopilgandi.

“Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati 23-dekabr kuni profilaktika ishlari yakunlanib, 25-dekabrdan boshlab stansiyalar jadval asosida – ertalabki soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlay boshlagani haqida xabar berdi.

Shunday qilib, e’lon qilingan muddat bajarildi.