Prezidentning 2022-yil 1-yanvardagi qaroriga muvofiq fuqarolar xarid summasining 1% ini keshbek shaklida qaytarib olishlari belgilangan edi. Qarorga koʻra, Onlayn-NKT (onlayn nazorat texnika) cheklari “Soliq” mobil ilovasidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va keyingi oyning 25-sanasiga qadar toʻlab berilishi kerak.
Bu sentyabr oyidagi jami keshbek summasi oktyabrning 25-kuniga qadar tasdiqlanishini va toʻlab berilishini anglatadi.
Factchecknet.uz mazkur tartib ijrosi qay darajada ta’minlanganligini tekshirib koʻrdi.
HUKM: QISMAN BAJARILGAN
Soliq qoʻmitasining rasmiy telegram kanaliga tegishli yopiq guruhda iste’molchilardan 2023-yilning sentyabr, oktyabr va noyabr oylari uchun keshbeklarda belgilangan summalar tasdiqlanmayotganligi, shuningdek, ayrim cheklar roʻyxatga olinmayotganligi borasida koʻplab e’tirozlar kelib tushgan.


Davlat Soliq qoʻmitasining rasmiy yopiq telegram guruhi
Factchecknet.uz tarmoq foydalanuvchilari orasida keshbeklar oʻz vaqtida toʻlab berilgani yoki yoʻqligi boʻyicha taqsimlanishni oʻrganish maqsadida Facebookdagi yopiq ayollar guruhida soʻrovnoma oʻtkazdi.

Ijtimoiy soʻrovnoma natijalari
Qisqa soʻrov natijalari ishtirokchilarning deyarli 33 foiziga keshbeklar muddatida qayratib berilmaganini koʻrsatdi.
Tahlil qilayotgan qarorning ijrosi borasida yuzaga kelayotgan ayrim noroziliklar sabablarini, shuningdek, keshbeklar qanday holatlarda tasdiqlanmasligini oʻrganish maqsadida SQ huzuridagi Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamentiga yozma murojaat qilindi.
Departament mas’ul xodimi Z. Qurbanov keshbek hisoblanmaydigan cheklar roʻyxatini keltirib oʻtdi:
- shubhali xaridor deb topilgan foydalanuvchi cheklari;
- chekdagi mahsulot indefikatsiya kodi notoʻg’ri boʻlgan cheklar;
- chek berilgan kundan 10 kun oʻtgan boʻlsa;
- keshbek berilmaydigan mahsulot va xizmatlar cheki roʻyxatdan oʻtkazilganda;
- avtomobil, temiryoʻl va samalyot uchun chipta sotib olgandagi cheklar;
- kommunal xizmat uchun toʻlov qilganda beriladigan cheklar;
- oʻz-oʻzini band qilgan shaxslar tomonidan beriladigan xarid cheklari uchun keshbek berilmaydi.
“SoliqUz” ilovasidan roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklar qizil rangda boʻlsa, bu keshbek berish rad etilganligini, koʻk rang keshbek tasdiqlanish jarayonida ekanligini, yashil rang esa u tasdiqlanganligini bildiradi.
Shuningdek, departament bergan raqamlarga koʻra, ilova ishga tushirilanidan buyon 2,3 mlndan ortiq isteʼmolchilarga 1,6 trlndan ortiq keshbek toʻlangan. Joriy yil iyul oyida 1,8 mlndan ortiq isteʼmolchiga 120,6 mlrd soʻm, avgust oyida 2,2 mlndan ortiq isteʼmolchiga 123,7 mlrd soʻm keshbek toʻlab berilgan.
Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilgan.
Tasdiqlanishi kechikyotgan cheklar bilan bogʻliq holatda tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlaridagi kamchiliklar yoki oʻz vaqtida kelishilgan shartlarni bajarmaganligi sabab boʻlmoqda. Kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng barcha keshbek summalar toʻlovga tasdiqlanadi.