Shaffof xaridlar: davlat xaridlarini tahlil qilish bo’yicha qo’llanma

Davlat xaridlari davlat byudjeti xarajatlarining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, davlat xaridlari hukumatlar uchun eng katta korruptsiya xavfi hisoblanadi.

Samarasiz xaridlar moliyaviy jihatdan nochor fuqarolarga eng katta ta’sir ko’rsatadi va davlat xizmatlari va infratuzilma sifatini sezilarli darajada pasaytiradi.

Shu bois, xaridlarni yanada ochiq, adolatli va samarali bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida ushbu sohani muammolari va rivojlantirish  istiqbollarini aniqlash bo‘yicha davlat xaridlari monitoringi va tadqiqotlarini o‘tkazish juda muhimdir.

Open Contracting Partnership (OCP) Acted loyihasi doirasida Brokerlar agentligi bilan birgalikda davlat xaridlari monitoringi metodologiyasini ishlab chiqdi.

Ushbu qo‘llanmada davlat xaridlarini amalga oshirishning asosiy sub’ektlari va tartiblari haqida umumiy ma’lumot berilgan, davlat xaridlari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy baza va davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish ko‘rsatilgan, shuningdek, davlat xaridlari sohasidagi eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklar va xavflar tavsiflangan.

Metodika tovar birjasida ishlash jarayonida to‘plangan amaliy tajriba va davlat xaridlari muammolarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro tajribaga asoslangan.
Ushbu havola orqali metodologiya bilan tanishishingiz mumkin.