26 ta sudda yutib chiqqan soxta diplomli advokat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan biriga ko‘ra, suratdagi bu yigit soxta advokat diplomi bilan qatnashib, 26 ta sudda yutib chiqqan.

Factchecknet.uz ushbu xabarning haqiqatga qanchalik mos kelishini tekshirib ko‘rdi.

HUKM: ROST

“Nigerian Tribune”ga ko‘ra, o‘tgan yil oktabr oyida Keniya hukumati soxta advokat Brayan Mvendani hibsga olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, advokat hibsga olinishidan oldin Oliy sud sudyalari, Magistratura va Apellyatsiya sudi sudyalari oldida 26 ta ish ko‘rgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan.

U Keniya huquq jamiyati Nayrobi filiali tezkor harakat guruhi (RAT) tomonidan yolg‘on da’volar uchun hibsga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, RATga jamoatchilik shikoyatlari kelib tushgan. Nayrobi filialining xabar berishicha, u advokat emas va Keniyada advokatlik bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega emas.
“The Law Society Gazette”ga ko‘ra, Mvenda tarafdorlari uni adliya tizimidagi kamchiliklarni fosh qilgan qahramon sifatida ko‘rmoqdalar.