Toshkent maktablarida ommaviy qirg‘in bilan tahdid qilinganmi?

Ijtimoiy tarmoqlar va Toshkent shahridagi maktab guruhlarida poytaxt maktablarida ommaviy qirg‘in haqidagi tahdidlar ifodalangan xabarlar tarqala boshladi.

Ular feyk bo‘lib, bunday xabarlar Rossiya shaharlari, shuningdek, Aqto‘be (Qozog‘iston) media makonida tarqalgan.

HUKM: FEYK

25-yanvar kuni Aqto‘be aholisiga shahar maktablarida rejalashtirilgan ommaviy qirg‘inlar haqida shunday xabar olishdi. Xabar anonim Telegram kanalidan tarqatilgan. Feyk xabar muallifi bir yil davomida Aqto‘be maktablarida ommaviy o‘ldirishlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganini yozgan va hatto sanani ham — 2024-yil 26-yanvarni aytgan.

26-yanvar kuni Aqto‘be maktablari o‘quvchilar soni kamligini qayd etgan. Birinchi smenada tahsil oladigan 57 ming 924 nafar boladan atigi 8 ming 558 nafari ertalab darsga kelgan. Bu umumiy o‘quvchilar sonining atigi 15 foizini tashkil etadi, deya aniqlik kiritgandi ta’lim boshqarmasidagilar. 26-yanvar kuni shahar maktablarida go‘yoki ommaviy qirg‘in bo‘lishi haqida yuborilgan xabarni olgan ota-onalar farzandlarini maktabga yubormagan.Aqto‘be rahbari Asxat Shaxarov vahima yoki xavotirga sabab yo‘qligini ta’kidladi. U aholini xotirjamlikka, faqat ishonchli va rasmiy axborot manbalariga ishonishga chaqirdi.

Toshkent maktablarida ommaviy qirg‘in bilan tahdid qilinganmi?

Foto: avestnik.kz

Shu kabi yangiliklar Internetda tobora ko‘proq paydo bo‘lmoqda. Ularning barchasi bir xil sxema bo‘yicha yaratilgan: yangi tashkil etilgan Telegram kanallarida terrorchilar nomidan tahdidlar va ta’lim muassasalari, savdo markazlari va odamlar gavjum bo‘lgan boshqa joylar ro‘yxati hamda qurollarning bir xil fotosuratlari ko‘rsatilgan xabarlar va arxiv videolari, shu jumladan boshqa mamlakatlardagi voqealar nashr etiladi (ko‘pincha bunday rasmlar bir kanaldan boshqasiga ko‘chiriladi).

Ko‘pincha bunday fotosuratlarda otishga yaroqsiz qurollar, patronlar maketi va otishga yaroqsiz patronlar suratlari keltiriladi.Moskva viloyatining Odintsovo shahar okrugi rahbari Andrey Ivanov, Boshqirdiston Ichki ishlar vazirligi va Krasnoyarsk meriyasi mahalliy maktablarda bo‘lajak teraktlar haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga o‘xshash xabarlar Blagoveshchenskda ham tarqalgan, ammo ular ham yolg‘on bo‘lib chiqdi.