Tishlar sovuqdan darz ketishi mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda sovuq tufayli tish emalida mikroskopik yoriqlar paydo bo‘lishi, ularda ovqat qoldiqlari tufayli bakteriyalar to‘planishi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu kariyes va milklar yallig‘lanishiga olib keladi.

HUKM: ROST

Qattiq moddalar va issiq/sovuq suyuqliklar tishlaringizni bezovta qiladigan yagona moddalar emas.

Sovuqda og‘zingizdan nafas olayotganingizda sovuq havo tishlaringiz qisqarishiga olib kelishi va ayniqsa, tish milklari chizig‘i bo‘ylab ochiq sezgir joylarga tegishinga imkon beradi.

Sovuq havo ta’sirida tishlar qisqarganidan so‘ng, og‘zingizni yopishingiz bilan ular yana kengayadi. Vaqt o‘tishi bilan, bu kengayish va qisqarish tishlarda mikro yoriqlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, ular borligini siz hatto sezmasligingiz ham mumkin.

Sovuq havo ta’sirida tish og‘rig‘ini oldini olishning oson yo‘li — tashqarida bo‘lganingizda iloji boricha ko‘proq burningiz bilan nafas olish. Agar sovuqni his qilish yoki og‘riq bir muncha vaqt, odatda uch kundan ortiq davom etsa, tishlaringiz boshqa yo‘l bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.

Agar sovuq ob-havo tishlaringizda odatdagidan ko‘proq og‘rishiga sabab bo‘laversa, demak ularning holati haqida qayg‘urish vaqti kelgan. Xavflar orasida eski plombalar, vaqt o‘tishi bilan chirigan qoronkalar, tishdagi yoriqlar, tishlarni haddan tashqari ko‘p yuvish yoki parodont kasalligi tufayli tish milki pasayishi, kariyes, infektsiyalangan tishlar yoki milklar, tishlash muammolari va tish muammolari. Bunday hollarda malakali stomatologga murojaat qilish kerak.