Samolyotlarni kuzatish orqali tekshiruvlar uchun kerakli ma’lumotlarni olish mumkin.
Surishtiruvchi jurnalistlar bunday ma’lumotlardan korruptsiyani fosh qilish, urushlarni, hukumat amaldorlari faoliyatini kuzatish va issiqxona gazlari chiqindilarini tahlil qilish uchun foydalanadilar. “GIJN” samolyotlarni kuzatish uchun instrumentlarni to‘pladi, ularni siz bilan baham ko‘ramiz.
Har bir samolyotda o‘ziga xos identifikatsiya raqami mavjud bo‘lib, uning yordamida egasini aniqlash va samolyot harakatlarini kuzatish mumkin. Biroq, istisnolar ham mavjud.
Reyslar to‘g‘risida ma’lumotlarni parvoz haqida ma’lumotlarni to‘playdigan va bunday ma’lumotlarning katta bazasini taklif qiladigan tijorat yoki notijorat tashkilotlardan olish mumkin. Bu ma’lum bir samolyot yoki lokatsiyalarni kuzatish, shuningdek, harakat qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Parvoz yo‘nalishlari ko‘plab veb-saytlarda e’lon qilinadi. Shuning uchun, asosiy kuzatishni amalga oshirish juda oson. Biroq, qoruniyatlar aniqlash va ogohlantirishlarni yaratish uchun ishlanmagan ma’lumotlar kompyuter tahlili orqali yanada mazmunli ma’lumotlarni olish mumkin.
Kuzatuvga xalaqit beradigan ko‘plab omillar mavjud. Uchuvchi kuzatuv signalini o‘chirib qo‘yishi mumkin. Ba’zi hududlarda milliy qonunchilik ayrim samolyotlarga o‘z koordinatalarini bildirmaslikka ruxsat beradi. Harbiy samolyotlarni kuzatish ayniqsa qiyin (biroq imkon bor). Qo‘shma Shtatlarda qonun shaxsiy samolyotlarda anonim parvoz qilishni osonlashtiradi. Ko‘p joylarda qabul qiluvchi stansiyalar soni yetarli emasligi sababli “ADS-B” tizimi cheklangan qamrovga ega.
Haqiqiy vaqtda parvoz ma’lumotlari ochiq va asosan bepul.
Ushbu saytlar asosan butun dunyo bo‘ylab antennalarni o‘rnatadigan ishqibozlarning sa’y-harakatlari tufayli ishlaydi. Ushbu saytlarga o‘z antennalaridan ma’lumot uzatadiganlar ularning obunalariga bepul kirish huquqiga ega.
Bu yerda parvozlarni kuzatish uchun saytlarning ayrimlari keltirilgan:
ADS-B Exchange – bu sayt boshqa saytlarga qaraganda ko‘proq parvozlar haqida ma’lumot beradi. Har qanday samolyotning parvozlar tarixini bepul ko‘rish mumkin. Xaritani oching, istalgan bortni tanlang yoki qidiruvdan foydalaning.
Icarus Flights – ushbu parvozni kuzatish vositasi “Center for Advanced Defense Studies” notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan. Unda “ADS-B Exchange” ma’lumotlaridan foydalaniladi va maxsus funksiyalar qo‘shilgan.
OpenSky Network – Shveytsariyada joylashgan notijorat assotsiatsiya bo‘lib, u samolyot kuzatuvlaridan olingan eng katta ma’lumotlarga ega ekanligiga da’vo qiladi. “Explorer” funksiyasi orqali qidiruv havodagi samolyotlarni ko‘rsatadi. Shuningdek, so‘nggi 30 kun davomida kuzatilgan barcha samolyotlar tarixiga kirish imkoniyati mavjud.
Keyingi maqolada ushbu vositalardan qanday foydalanish haqida gapiramiz.