Endi har kim svetoforlarni o‘rnatishi mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda endilikda jismoniy yoki yuridik shaxslar, hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalariga xat bilan murojaat etgan holda, o‘zlari istagan joyda svetofor o‘rnatishlari mumkin va qonunda buning uchun hech qanday cheklovlar yo‘qligi haqidagi xabarlar tarqaldi. 

Factchecknet.uz bu ma’lumotni tekshirib ko‘rdi.

HUKM: FEYK
Bu xabarlar O‘zbekiston IIV YHXX tomonidan rasmiy rad etildi.

Endi har kim svetoforlarni o‘rnatishi mumkinmi?

Xususan, yo‘l harakati nazorati vositalarini o‘rnatish mas’ul mutasaddi va tashkilotlarga yuklangani ta’kidlandi. Hech bir jismoniy yoki yuridik shaxs  bunday qurilmalarni o‘zboshimchalik bilan yoki qandaydir ruxsat asosida o‘rnatish huquqiga ega emas.

O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 9-moddasiga ko‘ra, avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkilotining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tartibga solish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishini va mazkur yo‘llarning ushbu vositalar va tizim bilan jihozlanishini amalga oshirish hamda ularning saqlanishini ta’minlash vakolati kirishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlariga yo‘llarning va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarining saqlanishi, ularning yo‘l harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolati kirishi belgilangan.

O‘zbekiston IIV YHXX tomonidan tasdiqlanmagan va yolg‘on xabarlarni tarqatmasliklari so‘raldi.