Ijtimoiy tarmoqlarda chap yonboshda uxlayotgan odamlarda qo‘rqinchli tush ko‘rish xavfi yuqori ekanligi haqida xabarlar bor. Ularning 41 foizida dahshatli tushlarni ko‘radi, bu stressga xos bo‘lgan yurak faoliyati bilan bog‘liq.
“Chalqancha uxlash esa juda xavflidir”, — deyiladi xabarda.
HUKM: YOLG‘ON
2004-yilda “Uyqu va gipnoz” jurnalida chop etilgan tadqiqotda 63 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan va ulardan chap yoki o‘ng tomonida uxlash so‘ralgan. Keyin ular uyg‘onganlarida uyqu sifati haqida so‘rovnomani to‘ldirgan. So‘rovda asosiy e’tibor tushlar va qo‘rqinchli tushlar, ularning yorqinligi va ishtirokchilarning ertalabki his-tuyg‘ulariga qaratildi.
Tadqiqotchilar, chap tomonda uxlagan guruh sezilarli darajada ko‘proq dahshatli tush ko‘rishini aniqladilar. Ko‘ngillilarning qariyb 40,9 foizi bezovta qiluvchi tushlar haqida xabar berishgan, o‘ng tomonida uxlaganlarning atigi 14,6 foizida shunday bo‘lgan. Ularda, o‘z navbatida, yengillik yoki xavfsizlik hissi bilan bog‘liq tushlarni eslab qolish ehtimoli ko‘proq edi, lekin umuman olganda, ular ham uyqu sifati pastroq bo‘lganligi haqida xabar qilishgan.
Biroq, tadqiqotning cheklovlari bor edi — ishtirokchilar sonining kamligi va ishtirokchilar tomonidan bildirilgan natijalar subyektiv edi.
“Bizning dastlabki kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, tush ko‘rish va uyqu sifati miyaning asosiy funktsiyalari bilan va uyqu davomida badanning holatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin”, — deb xulosa qilishdi tadqiqotchilar.
Garvard tibbiyot maktabining xabar berishicha, dahshatli tushlar bir necha sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin. Qaysi tomonda uxlayotganingizdan qat’i nazar, ular uyquga ta’sir qiladi: stress, tashvish, tartibsiz uyqu, dori-darmonlar qabul qilish, ruhiy salomatlik buzilishi, ammo yomon tushlarning eng ko‘p o‘rganilgan sababi travmadan keyingi stress buzilishidir (TKSB).
Yomon tushlar TKSB bilan og‘rigan odamlar orasida keng tarqalgan shikoyat bo‘lib kelgan va aslida bu uni tashxislash uchun ishlatiladigan mezonlardan biriga aylandi.