Telegram kanallarida vazn yo‘qotish uchun Slim Patch plastir faol reklama qilinmoqda.
Go‘yoki, bu mahsulot qorin, dumba, qo‘l va oyoqlardagi yog‘larni yo‘q qiladi.
“U selyulitni kamaytiradi va yog‘ ho‘jayralarining to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, semizlikning oldini oladi va yog‘ birikmalarini kamaytirish orqali selyulitni yo‘q qiladi”, — deyiladi reklamada.
HUKM: YOLG‘ON
Albatta, ko‘pchilik diyeta, jismoniy mashqlar, iroda va sabr-toqatni talab qilmaydigan vazn yo‘qotishning oddiy usuli borligiga ishonishni xohlaydi.Vaznni yo‘q qiluvchi vositalar shu tarzda sotiladi — reklama qiluvchilar istalgan samaraga osongina erishish mumkinligini aytishadi.

Slim Patch nima?
Bu go‘yoki tabiiy moddalar bilan to‘ldirilgan plastirlar bo‘lib, ular tana bilan o‘zaro ta‘sirga kirishganda, plastirning tagidagi yog‘ erib tushar emish. Uni qoringa, qo‘llarga va sonlarga yopishtirish tavsiya etiladi. Ko‘rsatmalar plastirni olti-sakkiz soat davomida qoldirishni va haftasiga uch-to‘rt marta ishlatishni tavsiya qiladi.
Reklamalarda aytilishicha, u transdermal tarzda ishlaydi, ya’ni faol moddalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teridan o‘tib, ta’sir qiladi.
Plastirlar vazn yo‘qotish uchun samaralimi?
Plastirlar yordamida vazn yo‘qotish bo‘yicha hech qanday tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun ularning samaradorligini bilish qiyin.
Ozdirish plastirlari bilan bog‘liq yana bir muammo — shaffoflik va ingrediyentlarning hajmi yoki kuchi haqida kerakli ma’lumotlarning yo‘qligi.
Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) boshqa dorilar kabi ovqat qo‘shimchalarini tartibga solmasligi va transdermal vazn yo‘qotish plastirlarining tarkibiy qismlari faqat og‘iz orqali qabul qilingandagi samaradorligi o‘rganilganligi sababli, ularning yon ta’siri to‘liq ma’lum emas.
Shunday qilib, agar ba’zi tarkibiy qismlar vazn yo‘qotishga yordam bergan bo‘lsa ham, ta’sir ko‘rsatish uchun plastirda ularning yetarli miqdori bor-yo‘qligini tushunish qiyin.
Vazn yo‘qotish plastirlarining yon ta’siri bormi?
Ozish uchun ko‘plab reklamalar tabiiy o‘simlik tarkibiy qismlaridan foydalanishini da’vo qiladi. Biroq, bu ularning xavfsiz va nojo‘ya ta’sirlardan holi ekanligiga kafolat bermaydi.
2018-yilgi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ko‘plab o‘simlik tarkibiy qismlari retsept bo‘yicha dori-darmonlar bilan bir xil xavf tug‘dirishi mumkin.
Qanday qilib xavfsiz ozish mumkin?
Tadqiqotchilar vazn yo‘qotish plastirlari qanchalik xavfsiz yoki samarali ekanligini aniq bilishmaydi. Agar shifokoringiz vazn yo‘qotishni tavsiya qilgan bo‘lsa, siz isbotlangan usullarni sinab ko‘rganingiz ma’qul.
Masalan, muvozanatli ovqatlaning va shifokor tomonidan belgilangan jismoniy mashqlarni bajaring.
Avvalroq Factchecknet.uz internetda go‘yoki ozishga va’da beradigan Ampli 5 magnitli bilaguzuklari reklama qilinayotgani haqida xabar bergan edi.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo’shiling.