Internetda Buyuk Britaniya qirolini muddatidan oldin “dafn etishdi”

18-mart kuni internetda Buyuk Britaniya qiroli Charlz III vafot etgani haqida maʼlumot paydo boʻldi. Xabarlar avvaliga Rossiya kanallarida chop etildi, keyin oʻzbek segmentida ko‘chirilib chop etila boshlandi. Shu bilan birga, yangilik ham Telegram kanallari, ham OAV tomonidan berildi.

Internetda Buyuk Britaniya qirolini muddatidan oldin “dafn etishdi”

Soxta xabar fotosurati

Bu qanchalik haqiqat ekanini Factchecknet.uz o‘rganib chiqdi.

HUKM: FEYK

Barcha nashrlar Bukingem saroyidan kelgan xabarlarga havola qilingan va tasdiq uchun ofisning rasmiy blankasiga matn ilova qilingan. Bayonot qisqa edi. Qirol bir kun oldin vafot etgani haqida ma’lumot bor edi. Pastki qismida sana ko‘rsatilgan: 2024-yil 18-mart.

Jurnalistlar va blogerlar xabarni tezda inkor etib, soxta ekanligini yoki yangilik tasdiqlanmaganini aytishga kirishdi (1, 2, 3, 4, 5). Dastlab ma’lumotlarning ishonchliligiga shubha qilganlar ham bo‘ldi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, xabarlar Buyuk Britaniya nashrlarida e’lon qilinmagan va ko‘pchilikni bunday ma’lumotlar Bukingem saroyi veb-saytida yo‘qligi shubhaga soldi.

Keyinchalik uning idorasi Charlz III o‘z vazifalarini bajarishda davom etgani haqida xabar berdi, bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi rasmiy vakilining kanali xabarlarni feyk deb atadi.

Hikoya tezda tugadi, ammo ma’lumot asorati qoldi. Ba’zi nashrlar xuddi shunday voqea Buyuk Britaniya qirolichasi bilan sodir bo‘lganini eslatdi.

Shubhasiz, yuqori martabali amaldorlarning o‘limi haqidagi ma’lumotlar auditoriyaning e’tiborini darhol tortadi. Biroq, uni nashr etishdan oldin, bir nechta fikrlarga e’tibor berish kerak:

  • manba kim?
  • rasmiy tomon nima deydi?
  • bunday xabarlar paydo bo‘lishidan kim manfaatdor?

Faktchekerlarl hamjamiyatiga qo‘shiling.