“Krokus”dagi terakt haqida to‘rtta feyk

22-mart kuni kechqurun Rossiyaning Moskva viloyatidagi “Crocus City Hall” konsert zalida kamuflyaj kiygan bir necha kishi otishma boshladi. Binoda portlash sodir bo‘lib, yong‘in boshlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Krokus”dagi terakt natijasida 133 kishi halok bo‘lgan, yana 152 kishi jarohatlangan.

Shundan so‘ng internetda soxta ma’lumotlar faol tarqala boshladi. Ushbu maqolada biz terakt haqidagi feyklarni tahlil qilamiz.

Feyk №1. Politsiya terakt boshlanganidan keyin, kech yetib keldi.

24-mart kuni Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk politsiya kech kelgani haqidagi feyk xabarni rad etdi.

“Rossiya Ichki ishlar vazirligining shahar boʻyicha navbatchilik boʻlimiga otishma haqida ma’lumot tushgandan keyin Krasnogorsk politsiyasi besh daqiqa ichida hodisa joyiga yetib bordi”, — dedi u.

“Krokus”dagi terakt haqida to‘rtta feyk

Feyk №2. Teraktda Ukrainaning aloqasi bor.

NTV telekanali Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi “Crocus City Hall”dagi teraktga “Kiyev rejimining aloqadorligini tasdiqlagan” feyk videoni yangiliklarda namoyish qildi.

Boshlovchi videoni quyidagi izoh bilan tafsifladi: “Moskva viloyatidagi teraktda Kiyev rejimining ishtiroki Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov tomonidan televideniye orqali ochiq tasdiqlandi”. Videoda “Danilov”, xususan, shunday deydi: “Bugun Moskvada qiziqarli, menimcha, bu juda qiziqarli. Biz ular uchun bunday o‘yin-kulgularni tez-tez tashkil qilishimizga ishonaman”.

Video qalbaki. 22-mart kuni kechqurun Ukraina telemarafonining efirida boshqa boshlovchilar ishlagan, Danilov esa u yerda mehmon bo‘lmagan.

Teleboshlovchilar ishtirokidagi videoning bir qismi 16-mart kuni efirga uzatilganidan olingani aniq.

Ukraina “Crocus City Hall”dagi teraktga aloqadorligini rad etdi.

Feyk №3. “Crocus City Hall” xodimlari terakt qurbonlari bilan bog‘lanmoqda.

Aslida bunday emas. Go‘yoki “xodimlar” haqidagi xabarlarga ishonish va ularga pul o‘tkazish kerak emas. Firibgarlar vaziyatdan foydalanib, pul yig‘ishni boshlashgan. 

“Agar siz bizning xodimlarimizdan qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlar olsangiz, hech qanday operatsiyalarni amalga oshirmang, hujjatlarni to‘ldirmang, jabrlanganlarga yordam berish uchun pul o‘tkazmang”, — deyiladi rasmiy sharhda.Feyk №4. Xabar qilinishicha, xunrezlikda gumon qilinganlar Ingushetiya fuqarolari: Amirxan Gurajev, Adam Ozdoyev, Zelimxon Tsuroyev.

“Krokus”dagi terakt haqida to‘rtta feyk

Tarqatilayotgan fotosuratlarda haqiqatan ham Ingushetiya fuqarolari aks etgan. Ular terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq va qidiruvda.  Faqat butunlay boshqa jinoyatlar uchun va bu jangarilar vafot etishgan.Oriyentirovkada eslatib o‘tilgan Adam Ozdoyev, Zelimxon Tsuroyev va Amirxon Gurajev bir qancha sheriklari bilan birga joriy yilning 3-martida Ingushetiyada bo‘lib o‘tgan kontrterrorostik operatsiya davrida o‘ldirilgan.