Factchecknet.uz siz uchun axborot maydonida yaxshiroq harakatlanishingizga yordam beradigan qoidalarni tayyorladi.
- Avvalo, nashr va muallifga e’tibor bering. Ochiq manbalardan ma’lumot muallifi kimligini va uning ushbu sohada qanday malakaga ega ekanligini bilib olishingiz mumkin. Mutaxassislarning fikrlari va tadqiqotlari odatda ishonchliroq bo‘ladi.
- Faktlarni tekshirish xizmatlaridan foydalaning. Turli xorijiy mustaqil loyihalar yangiliklar va faktlarning tahlilini taqdim qiladi, tanlangan mavzu bo‘yicha ularning mazmunini o‘rganing.
- Til va uslubga e’tibor bering. Bu juda muhim, chunki tashviqot yoki manipulyatsion xabarlar odatda asossiz kuchli his-tuyg‘ularni yoki kuchli bayonotlarni ishlatadi. Shuningdek, ular zudlik bilan harakat qilish uchun chaqiriqlardan iborat bo‘ladi. Bu ishonchsiz ma’lumotlarning belgisi bo‘lishi mumkin.
- Fotosurat yoki videoni ko‘rib chiqing. Ularda fotoshop yoki tahrirlash belgilari bo‘lishi mumkin. Ushbu vositalar yordamida siz materiallarda dipfeyklar bor-yo‘qligini bilib olishingiz mumkin. TinEye sizga tasvirni qidirishda yordam beradi, unda foydalanishni bu yerdan ko‘rib bilib olishingiz mumkin.
- Ma’lumotni o‘ylamay turib haqiqat deb qabul qilmang. Xulosa chiqarishdan avval savollar bering, shubha qiling va ma’lumotni tahlil qiling.
Ushbu qoidalar manipulyatorlar tuzog‘iga tushib qolmaslik va onlayn firibgarlar qurboni bo‘lishdan saqlanishga yordam beradi. Axborot savodxonligingizni oshiring, bu sizga voqealardan xabardor bo‘lishga va yolg‘on ma’lumotlarga berilmaslikka yordam beradi.
Shuningdek quyidagilarni o‘qing:
- Feyklarga qarshi kurashda sun’iy intellekt: instrumentlar sharhi;
- Dezinformatsiyaga qarshi kurashishda onlayn manbalar sharhi;
- FotoForensics: feyk fotosuratlarni qanday aniqlash mumkin;
- PimEyes: yuzni aniqlash qidiruv tizimi;
- Faktchecking funksiyasiga ega birinchi o‘zbek Telegram botining obzori;
- Google Factcheck Explorer bilan feyklarni fosh etamiz.