Qozog‘istondagi suv toshqini paytida qanday feyklar paydo bo‘ldi

Har qanday favqulodda vaziyat noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki feyk xabarlarni tarqatish uchun sabab bo‘lishi mumkin.

Yaqinda Qozog‘istondagi suv toshqinlari bundan mustasno bo‘lmadi.

Rasmiy ma’lumotlardan tashqari internetning Qozog‘iston segmentida  soxta xabarlar ham paydo bo‘ldi. Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Qanat Iskakovning ta’kidlashicha, eng ko‘p  tarqatilgan yolg‘on ma’lumotlar quyidagilarga taalluqlidir:

  • to‘g‘on buzilishi tahdidi;
  • respublika va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarining buzilishi;
  • suv omborlari, elektr stantsiyalari va boshqa strategik obyektlardagi avariyalar;
  • ichimlik suvining ifloslanishi;
  • evakuatsiya joylari va tartiblari haqidagi feyklar.

Shuningdek, Pavlodarni suv bosgani, Ostonani suv toshqini va oqibatlarga qarshi kurashish uchun ishchi kuchi yetishmasligi, Aqto‘be suv ombori shlyuzlari ochilishi va Mang‘istau viloyatining suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan Atirau viloyati aholisini boshqa qabul qilmasligi haqida feyklar ham tarqaldi. Bu xabarlarning har biri rad etilgan.

“Bunday harakatlar jamiyatga hech qanday foyda keltirmaydi. Ular faqat davlat organlarining kuch va resurslarini qutqaruv va tiklash ishlaridan chalg‘itadi”, — dedi Qanat Iskakov.

U aholini ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqatilayotgan ma’lumotlarga tanqidiy munosabatda bo‘lishga, shuningdek, faktlarni qayta tekshirish va faqat rasmiy manbalarga ishonishga chaqirdi.