Xonanda Ozzy Osborn davolanish uchun Rossiyaga boradimi?

Internetda musiqachi Ozzi Osborn davolanish uchun Rossiyaga borishga qaror qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Rok yulduzi Stavropol viloyatini tanlagani va uni u yerning “shifobaxsh suvi hayratlantirgani” haqida gapirgan. Tarmoqdagi ma’lumotlarga ko‘ra, kuch va energiya manbai aynan shu yerda joylashgan emish. Osborn Tolstoy tomonidan tavsiflangan bir kurort haqidagi ma’lumotdan shifobaxsh suv mavjudligini eshitgan, deyiladi xabarlarda. 

HUKM: MANIPULYATSIA

Rok-musiqachining bayonotlari aks ettirilgan rolik veb-saytlardagi pleyerlardagi asosiy kontent namoyish etilishidan oldin reklama sifatida ko‘rsatilgan. Biroq videoda jonli murojaat yo‘q va faqat Osbornning chiqishlaridan lavhalar, shuningdek, tabiat manzaralari namoyish etiladi. Video titrlar va kadr ortidagi ovoz bilan hikoya qilinadi, unda Netflix logotipi ham ko‘rsatilgan.

Videoning oxirida video “Rossiya” xalqaro ko‘rgazma va forumi reklamasi doirasida suratga olingani haqida diskleymer bor. “Bir kun kelib Netflix Ozzy Osbornning Pyatigorskga sayohati haqida albatta serial yaratadi, ammo unga qadar siz Stavropol o‘lkasi pavilyoniga tashrif buyurishingiz mumkin”, deyiladi videoda.

Shunday qilib, bu video hazil bo‘lib, tadbirni reklama qilish uchun marketing hiylasi sifatida ishlatilgan. “Black Sabbath” guruhi a’zosi Ozzy Osborn 2023-yilda sog‘lig‘i sababli gastrol safari va chiqishlarini to‘xtatishini e’lon qilgan edi.