Maykl Jekson diniy qo‘shiq kuylaganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Maykl Jeksonning diniy qo‘shiq aytganligi haqida videolar tarqalmoqda. Unga yozilgan sharhlarda keltirilishicha, Jekson o‘limidan avval “Give Thanks to Allah” qo‘shig‘ini kuylagan va buning natijasida uning ko‘plab muxlislari islom dinini qabul qilgan. Shuning uchun ham bu qo‘shiq keyinchalik taqiqlangan. Ammo endi qo‘shiq kuylanganda olingan sirli videolarni uning musiqachisi tarqatib yuborgan. Haqiqatdan ham Maykl Jekson bu qo‘shiqni kuylaganmi? 

Factchecknet.uz bu ma’lumotni tekshirib ko‘rdi.

HUKM: YOLG‘ON

Maykl Jekson tomonidan kuylangan deya aytilayotgan qo‘shiqni aslida Janubiy Afrikalik qo‘shiqchi va shoir Zain Bhikha kuylagan. Zain Bhikha bu qo‘shiqni o‘z rasmiy sahifalarida e’lon qilgan va 2024 yil yanvar oyida haftaning eng ko‘p eshitilgan top 5 qo‘shig‘i orasida “Give Thanks to Allah” birinchi o‘rinda turganini ko‘rsatib o‘tgan.

Tarqatilgan videotasvirlarda esa Maykl Jekson 1990-yilda OITS kasalligidan vafot etgan Rayn Waytning xotirasiga atab aytgan qo‘shig‘ini Amerikaning 42-prezidenti Bill Klintonning inauguratsiyasi (lavozimga kirishish) marosimida kuylagan. Bu chiqish 1993-yilda bo‘lgan. Jeksonning o‘zi 2009-yilda vafot etgan.

Mavzu yuzasidan boshqa bir qancha xorijiy OAV ham faktchek materiallar taqdim qilgan:

  1. https://newsmeter.in/fact-check/fact-check-no-michael-jackson-did-not-sing-give-thanks-to-allah-683683
  2. https://en.youturn.in/factcheck/michael-jackson-allah-song.html

Diniy targ‘ibot yo‘lida yolg‘on axborot tarqatish bir necha vaqtlardan buyon mavjud tendensiya bo‘lib, bu masalada bir qancha tadqiqotlar ham olib borilgan.


Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.